O‘zbekistonning janubiy viloyati Surxondaryoda 5 sentyabrdan paxta terimi boshlandi. Rasmiylarning aytishlaricha, 6 sentyabrdan boshlab janubiy tumanlardagi korxona va tashkilotlar xodimlari paxta terimiga ommaviy safarbar etiladi.
Mahalliy hokimiyatlar paxtaga haydaladigan hasharchilarni dalaga safarbar etish ishlarini boshlab yubordi.
Ismi sir qolishini so‘ragan Ozodlikning Jarqo‘rg‘ondagi manbasiga ko‘ra, 5 sentyabrdan boshlab hasharchilar paxta terimiga olib ketilmoqda:
- Cho‘llardagi paxta maydonlariga avtobus-avtobus qilib olib ketishayapti. Har bir korxonadan 10 kishidan hasharchilar guruhi tuzilgan, shular ketishayapti, dedi jarqo‘rg‘onlik fermer ishchisi.
Uning aytishicha, Jizzax viloyatiga olib ketish uchun ham hasharchilar guruhi tuzilmoqda:
- Mening o‘g‘lim Jarqo‘rg‘on neftbazasida ishlaydi. Ularga ham buyruq bo‘pti, tayyorgarliklaringni ko‘ringlar, Jizzaxda paxta ko‘p, teradigan odam kam, o‘sha yoqqa bir oyga olib boramiz, deyishibdi, deydi jarqo‘rg‘onlik manba.
Jarqo‘rg‘on tumani hokimligining o‘zini tanishtirmagan mulozimi ham asosiy e‘tibor hasharchilar safarbarligiga qaratilganini tasdiqladi:
- Bugun paxta terimiga ruxsat bo‘ldi. Tashkilotlar, korxonalar uje bugundan paxta terimiga chiqishni boshladi. Ertadan ommaviy safarbarlik bo‘ladi, dedi hokimlik mulozimi.
O‘zbekistonning janubiy tumanlarida paxta terimiga safarbar etiladigan hasharchilarga joy tayyorlash homiy tashkilotlarga taqsimlab berildi. Har bir tashkilot hasharchilarning yotoq joyini ta‘mirlab, ularning qozoniyu samovarigacha ta‘minlashi lozim.
O‘zbekistonda bu yil uch million tonnadan ortiq paxta terish rejalashtirilgan. Buncha hosilni fermerlar o‘z kuchi bilan yig‘ib ola olmasligi bois, hokimiyat paxta terimiga korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari, oliygoh, kollej va litseylar talabalarini “hasharchi” sifatida majburan terimga jalb etadi.
Keyingi ikki yil davomida majburiy bolalar mehnatini to‘xtatish borasida kuchaygan xalqaro bosimlar ostida O‘zbekiston hukumati maktab o‘quvchilarini paxta yig‘im-terimiga ommaviy jalb etmaslikka harakat qilmoqda.
O‘tgan yili maktab o‘quvchilari paxta terimiga olib chiqilmadi, bolalar o‘rniga davlat byujetidan moliyalanadigan korxonalar, jumladan shifoxonalar xodimlari va maktab o‘qituvchilari dalaga haydaldi. Bu yil ham paxta terimida yana shu tadbirning qo‘llanilishi kutilmoqda.
Ozodlik Toshkent shahridagi kasalxonalar shifokoru-hamshiralarining paxta terimiga olib chiqilishi va ular maoshlaridan pul ushlab qolinayotgani haqida xabar bergan edi.