Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:45

Qirg‘izistonda Suriya terror guruhi qo‘lga olingani iddao qilinmoqda


Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmatining ma‘lum qilishicha, avgust oyi oxirlarida qo‘lga olingan terrorchi guruh mamlakat mustaqilligi nishonlanadigan 31 avgust va ShHT sammiti o‘tkaziladigan 13 sentyabr kunlari terrorchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirgan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 16 sentyabrda tarqatilgan bayonotda aytilishicha, "Islomiy jihod ittifoqi” deb atalgan mazkur terrorchi guruh tarkibi ikki qirg‘izistonlik va bir qozog‘istonlikdan iborat bo‘lgan. Ular Suriyada prezident Bashar Assadga sodiq kuchlarga qarshi janglarda ishtirok etgan.

-Qirg‘izistonning ikki, Qozog‘istonning bir fuqarosidan iborat mazkur guruh terrorchilik harakatlarini sodir etish topshirig‘i bilan Suriya arab davlatidan Qirg‘izistonga maxsus jo‘natilgan. Qo‘lga olinganlar Suriyada terrorchi tashkilotlar tarkibida hukumat kuchlariga qarshi jang qilgan. Tergov paytida qo‘lga olinganlar shu yilning iyun oyida terrorchi tashkilotlar rahbarlaridan Bishkek va O‘sh shaharlarida portlashlarni sodir etish to‘g‘risida ko‘rsatma olgani aniqlandi, - dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati rasmiysi Tilek Chokmorov.

Террорчи гуруҳ қўлга олинди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:25 0:00
Бевосита линк


Maxsus xizmat tomonidan tarqatilgan mazkur bayonotga qirg‘izistonlik tahlilchilar va siyosatchilar turlicha munosabatda bo‘lmoqda. Ularning ayrimlari: “Qirg‘izistonda haqiqatan ham Suriyadan jo‘natilgan terrorchi guruh faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkin”, degan taxminni bildirsa, ba‘zilari, bu ma‘lumotning rost ekaniga shubha bildirmoqda.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbarlaridan biri Marat Imankulov Qirg‘izistonda real terrorchilik tahdidi mavjud deb fikrlovchilardan biri.

-Qirg‘iziston hududida sud tomonidan faoliyati taqiqlangan O‘zbekiston Islomiy harakati, Islomiy jihod harakati kabi xalqaro terrorchilik guruhlarining yacheykalari mavjud. Ikki yil avval Qirg‘izistonda radikal yoshlarning “Jayshul Mahdi” tashkiloti ham tuzilgan. Terrorchilik tahdidini “Xizbut Tahrir”dan ham kutsa bo‘ladi. Masalan, Rossiyada “Xizbut Tahrir” bizdagi kabi ekstremistlik emas, balki terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan, -dedi Marat Imankulov.

Qirg‘iziston parlamenti deputati Joomart Saparbayev esa Qirg‘izistonga Suriyadan jo‘natilgan terrorchi guruh haqiqatan ham mavjud bo‘lganiga shubha bilan qaraydi:

-Bu faktni, birinchidan, chuqur tekshirish kerak. Bu faktni men tasdiqlanmagan ma‘lumot deb bilaman. Albatta, terrorchilik harakatlaridan Qirg‘iziston ham saqlangan emas. Biroq bu ma‘lumot to‘g‘ri ekaniga shubham bor, - dedi Joomart Saparbayev.

Qirg‘iziston parlamentining ayrim deputatlari ham maxsus xizmat tarqatgan bayonotga ishonmasliklarini, bu ish yuzasidan tekshiruv o‘tkazish kerakligini aytmoqdalar.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati esa qo‘lga olingan terrorchi guruh Bishkek va O‘shdagi strategik muhim ob‘ektlarda portlashlarni uyushtirishni rejalashtirgani aniqlanganini iddao qilayotir.Qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining “Terrorchilik”, “O‘qotar qurolni noqonuniy qo‘llash va saqlash” kabi moddalari asosida ish ochilgan.

2011 yilda ham Qirg‘izistonda terrorchilik harakatlarida ayblangan bir qator shaxslar qo‘lga olingan edi. Ularning ishlari ayni paytda sudlarga oshirilgan.
XS
SM
MD
LG