Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:39

WhatsApp Paxtakor: "Fermerga hasharchi-terimchi kerakmas, ammo..."


"WhatsApp Paxtakor" blogiga 18 sentyabr kuni yo‘llangan surat.
"WhatsApp Paxtakor" blogiga 18 sentyabr kuni yo‘llangan surat.
Terimchi bloggerlar bir kunlik ovqat uchun 23 kilodan paxta kesilayotgani, bir dona etak 5 ming so‘mdan sotilayotganini yozmoqda. Toshkent, Jizzax, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo viloyatlaridan Ozodlikka yozayotgan bloggerlar bitiklarini “WhatsApp Paxtakor” blogida o‘qib boring! WhatsApp + 420 608 549 460

"Har kunlik ovqat uchun 23 kilo paxta ushlab qolinyapti"


Ozodlikka Farg‘ona vodiysidan maktub yozgan terimchi-blogger 13 sentyabrdan buyon paxtada ekani va terim tonggi soat 7 dan boshlanayotganini yozdi.

Unga ko‘ra, paxtaga olib borilgan talabalar yetib borganidan yarim soat o‘tiboq, dalaga solingan.

17 sentyabr kuni “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llangan surat.
17 sentyabr kuni “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llangan surat.
Quyida uning maktubi hech o‘zgarishsiz keltirilmoqda:

"... Men bu yil ... institutiga uqshga kirdm uquv yili 2-sentabrdan boshlandi 13-sentabr kuni bizni paxtaga opketishdi borgan kunimizni uzida yarim soat utmay dalaga haydashdi.Keyingi kun ertalap soat 5 da uygotishdi va huddi biz quldek momili qilishdi domlalar usha kun soat 7 da dalaga chiqdik yomgir yogdi shundaham daladan chqarishmadi oyoqlarimdan zax utib ogridi osha kun abetgacha yomgir va yomgirda sovuqda paxta terdik..."

Bu talaba-terimchi-bloggerning yozishicha, talabalar kuni bilan suv-suv ivib tergan paxtaning 23 kilogrammi ovqat uchun kesilmoqda.

"... Biz paxta terganimiz yetmaganday har kungi ovqatimizga 23 kg paxta ushlap qolinadi yana 1 donasi 5000 mingdan etak sotishdi..."

Ayni paytda bu talaba mahalliy fermerlar bilan qurgan suhbatlari mazmunini ham yo‘lladi.

Uning bu suhbatlardan chiqargan xulosasiga ko‘ra, mahalliy fermerlarning shaharlardan gurras-gurras kelayotgan "oq bilak hasharchi"larga ehtiyoji yo‘q.

"... ulda fermer bilan suhbat qildik u aytdiki bizga studentlar kerak emas bizni azolarimuz bor.20 ta azo 100 ta studentdan kup paxta teradi dedi lekin olib kegandan keyin iloji yuq tergizamiz dedi..."


"Paxta maydonlari qisqarib bormoqda"


Fikrlari nisbatan chuqur va mulohazali ko‘ringan yana bir mushtariy esa O‘zbekiston respublikasidagi paxta siyosatidan gap ochdi.

U O‘zbekistonda hanuz paxta maydonlari qisqarib bormoqda, deb yozdi.

Uning bitiklarini ham hech bir o‘zgarishsiz chop etamiz:

"... Agarda e‘tibor berilgan bulsa utgan 2 yil ichida Paxta maydonlari respublika xisobida 23 %gacha kiskartirildi. Sabibi shuki, xalkaro statistika 2012 yil xisobi buyicha axoli mikdori kupayib borayetgani va ozik-ovkat mikdorining axoli jon boshiga nisbatan ancha kamayganini e‘lon kildi. Shu sababki yurtimizda Prezident farmoni va Oliy Majlis karorlari asosida paxta yerlar kiskartirilib, avvalambor Galla va bogdorchilik, dexkonchilik, chorvachilik, asalarichilikka keng imkoniyatlar ochildi..."


"Ko‘sak tegib o‘lgan maktab bolasi"


O‘zbekistonda paxta maydonlari qisqarayotgani, buning o‘rniga esa bog‘dorchilik va g‘allachilik kengayayotganini yozgan mushtariy payta terimi davridagi qurbonlardan ham gap ochdi.

Maktab o‘quvchilari Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumani paxta dalasida. 2012-yil.
Maktab o‘quvchilari Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumani paxta dalasida. 2012-yil.
Bunga esa Qarshi tumanida tok urib o‘lgan qiz haqida Ozodlik bergan maqola turtki bo‘ldi.

"... Bunaka vokea buxoro viloyati ... jamoa xujaligida joylashgan 22 maktab ... nomidagi shu maktab bollari (bu gap ancha oldingi gap) bir biriga kurak otgan bittasiniki sherigini kuzini teshib kirgan uyuam uxam ulgan. Mana bu paxtaga ancha alokasi bor..."


"To‘y o‘tkazish taqiqlandi"


“WhatsApp Paxtakor” blogida paxta terimi mavsumida taqiqlangan marosimlardan gap ochilganda, ishtirokchilar birinchi bo‘lib to‘yni tilga oldi.

Bir ishtirokchining Namangan viloyatida to‘y o‘tkazish mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan taqiqlanganiga javoban:

"... Paxta terimi mavsumida nafakat Namangan balki kupgina viloyatlarda tuy takiklanganini guvoxi buganman..." deb yozdi O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarida xizmat safarida bo‘lishiga ishorat qiligan ishchi-terimchi."


"Paxta terimida xalq qiynaladi, korruptsionerga yana mazza"


Faol bloggerimiz mamlakatdagi amaldorlarni bir-biriga bog‘lab-chandib tashlagan korruptsiya mavzuidan gap ochdi.

"... Manashu paxta terimi mavsumida xalk kiynalsada lekin kooruptsiya digan illat kiynalmidi Bu illat ayniksa institut rektorlaridan tortib korovilu, usha paxta ekkan fermergacha avj olgan. Bu illat ayniksa institut rektorlaridan tortib korovilu, usha paxta ekkan fermergacha avj olgan.

Siz etgan zuravonlik u fermer, tuman, viloyat xokimi va poytaxt urtasida buladi Chunki ular bu ishga boshi bilan xisob beradi erta planni uz voxtida bajarmasa...
"


"Normani bajarish majburiy"


Andijon viloyatining Bo‘z tumanida paxta terayotganini yozgan mushtariy sahar soat 7 dan to kechga qadar paxtazorda ekani, kundalik normani bajarish majburiy ekani haqida yozdi.

"...Andijonni Bo'zidamiz 7 yarimda tushyapmiz 60 kg norma..." dedi Ozodlikning “WhatsApp Paxtakor” blogiga yozgan mushtariy."

Ushbu suratda 17 sentyabr kuni bir necha terimchi tushga qadar terib olgan bir necha etak paxta aks etgan.


“WhatsApp Paxtakor” blogiga Siz ham yozing!


O‘qiganingiz, Ozodlik mushtariysi “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llagan maktub. Ushbu blogda tilga olingan ma‘lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

Ammo, bunday maktublarni chop etish va siz mushtariyni ham bunga chaqirishdan maqsad bloggerlardan kelgan ma‘lumotlarga imkon qadar aniqlik kiritib, asl vaziyatni o‘rganishdir!

Marhamat, maktub yozing, O‘zbekiston paxtazorlaridagi voqe‘likni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritishda Ozodlik bilan hamkorlik qiling!


Manzillarimiz:

WhatsApp + 420 608 549 460
E-mail: ozodlikmail@gmail.com, isakovab@rferl.org
Skype: Ozodskype, issakovab
Twitter:@BarnoAnvar
Mob: +420 602 612 713 (SMS va qo‘ng‘iroqlar)
Faks: +420 2 2112 6604
XS
SM
MD
LG