Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:41

Dunyodagi ilk ko‘rinmas bino Janubiy Koreyada quriladi


AQShning GDS Architects shirkati Janubiy Koreyada dunyodagi birinchi ko‘rinmas osmono‘par bino dizaynini ishlab chiqdi.

Janubiy Koreyadagi axborot agentliklari xabariga ko‘ra, binoni Inchon aeroporti yaqiniga qurish rejalangan.

Tower Infinity deb nomlangan imoratning balandligi 450 metrni tashkil etishi va u dunyodagi oltinchi eng balan imorat bo‘lishi rejalangan.

Imoratning o‘ziga xosligi, uning tashqarisiga o‘rnatilgan LED yoritkichlar, maxsus kameralar atrofdagi voqealarni binoning boshqa tomonida aks ettirgani bois imorat deyarli ko‘rinmaydi.

Qiymati 277 million AQSh dollariga teng ekani aytilayotgan osmono‘par binoni qurish ishlari kelasi yilda boshlanib 2016 yilda tugatilishi rejalangan.

Dunyodagi eng baland imorat Birlashgan Aram Amirliklarining Dubay shahrida 2010 yil 4 yanvar kuni foydalanishga topshirilgan. "Burj Halifa" deb nomlangan mazkur binoning balandligi 829.8 metrni tashkil qiladi.
XS
SM
MD
LG