Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:29

Futbol: O‘zbekistonning U-19 yoshlar terma jamoasi Dohaga yetib bordi


Futbol bo‘yicha O‘zbekistonning 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi 2 oktabr kuni 2014 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etish uchun Qatar poytaxti Dohaga yetib bordi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma‘lum qildi.

Aleksey Yevstafeyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 oktyabr kuni tushlikdan so‘ng o‘zining dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Yevstafeyev shogirdlari Qatar poytaxtida o‘tayotgan Osiyo chempionati saralash bahslarining "A" guruhida Qatar, Turkmaniston, Nepal hamda Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

O‘zbekistonlik yoshlarning ilk o‘yini 6 oktabr kuni Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG