Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:41

"Neftchi" futbol klubi paxta terimiga chiqdi


"Neftchi" klubi hujumchisi Pavel Smolyachenko paxta dalasida. San'at Sharipov olgan surat.
"Neftchi" klubi hujumchisi Pavel Smolyachenko paxta dalasida. San'at Sharipov olgan surat.
O'zbekiston Oliy ligasida yettinchi o'rinda borayotgan "Neftchi" futbol klubi o'yinchilari 7 oktabrdan boshlab paxta terimiga chiqdi.

Bu haqda futbol agenti San'at Sharipov o'z Twitter sahifasi orqali ma'lum qildi.



Agentning yozishicha, 7 oktabrdan boshlab farg'onalik futbol klubining barcha a'zolari paxta terimchilariga yordamga chiqarilgan.

Pavel Smolyachenkodan tashqari yana kimlar paxta terimiga chiqqani va ular necha kun dalada bo'lishi haqida ma'lumot berilmagan.

Farg'onalik klubning rasmiy veb-sahifasida esa futbolchilarning paxta dalasiga chiqishi haqida ma'lumot yo'q.

"Neftchi"ning navbatdagi uchrashuvi 18 oktabr kuni bo'lib o'tadi. Unda jamoa o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qiladi.
XS
SM
MD
LG