Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:21

Dushanbe-Konibodom poyezdi G‘allaorolda izdan chiqib¸ ag‘darildi


10 oktabr kuni soat 10.15 da Dushanbe-Konibodom yo‘nalishida ketayotgan Tojikiston yo‘lovchi poyezdi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida izdan chiqib¸ ag‘darilgan. Halokat oqibatida¸ Toshkent vaqti bilan tushga qadar olingan ma‘lumotlarga ko‘ra¸ kamida 65 yo‘lovchi jarohat olgan. Ulardan ikkitasining og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda .O‘lganlar haqida hozircha ma‘lumot yo‘q.

Rasman tasdiqlangan ma‘lumotga ko‘ra¸ G‘allaorol markazidan 10 kilometrcha masofada bo‘lgan Mullabuloq qishlog‘ida halokatga uchragan poyezdda kamida 267 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Poyezd o‘rtasidagi beshta vagonning relьsdan chiqqani halokatga sabab bo‘lgan.

Tojikistonga qarashli yo‘lovchi poyezd halokatga uchragan joyiga darhol Jizzax hokimi¸ O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus guruhlari¸ viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari¸ o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari yetib kelgan.

Poyezd halokatga uchragan joyning atrofi g‘alla dalasi ekanligi, aholi yashaydigan uylardan uzoq ekanligi aytildi.

Poyezd ichida asosan harbiy xizmatga chaqirilgan¸ bir xil yoshdagi¸ bir xil harbiy formadagi tojikistonlik yigitlar bo‘lgan.

Mahalliy rasmiylardan olingan xabarlarga ko‘ra, kamida 59 yo‘lovchi turli jarohat bilan G‘allaorol tuman kasalxonasiga keltirilgan.

Jizzax markaziy shifoxonasi tez tibbiy yordam bo‘limining mulozimi esa, jarohat olganlar umumiy soni 65 nafar ekanligini aytdi.

Jarohatlanganlarning 8 nafari Jizzax viloyati kasalxonasiga yotqizilgan, qolganlariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jizzax viloyati kasalxonasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, uch nafar yigit reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, ularning ikki nafarining ahvoli og‘ir. Qolgan yaradorlarga esa tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular Tojikistonga jo‘natish uchun olib ketilgan.

Poyezddagi boshqa yo‘lovchilar¸ mahalliy manbaning aytishicha¸ G‘allaorol tuman hokimi buyrug‘i bilan shahardagi ikkita to‘yxonaga joylashtirilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, G‘allaorol hokimiyati halokatga uchragan poyezd yo‘lovchilariga tushlik qilib bergan.

Rasman tasdiqlangan ma‘lumotga ko‘ra, yengil jarohat olganlar va talafot ko‘rmaganlar boshqa poyezd bilan mahalliy soat 15.20 da Tojikistonga jo‘natilgan.
XS
SM
MD
LG