Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:52

"Gulnoraniki" deyilgan telekanallar qayta ochilmasligi mumkin


Efirdan bir kunda olib tashlanigan Forum TV, TV-Markaz, NTT va SOFTS telekanallarining faoliyati shu kunlarda huquq-tartibot organlari tarafidan jiddiy taftish qilinayotgani xabar qilindi.

Hujatlaridagi maqomiga ko‘ra "nodavlat telekanal" bo‘lgan bu televideniyelarning asl egasi O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ekani iddao qilinadi.

Toshkentda bitta bino ichida jam bo‘lgan va 21 oktyabrь, ertalab soat 10 da efirdan to‘satdan g‘oyib bo‘lgan Forum TV, TV-Markaz, NTT va SOFTS kanallari rahbariyatigaga "litsenzion shartlarga rioya qilmaganligi va qayd qilinmagan pul oqimini tashkil etgani" yuzasidan ayblovlar ilgari surilgan.

TV-Markaz, NTT va SOFTS telekanallarining muassisi bo‘lgan Terra group mas‘uliyati cheklangan jamiyatining moliya bo‘limi xodimasi Ozodlik bilan suhbatda telekanallarda jiddiy taftish ketayotganini xabar qildi.

Televideniyelar rahbariyati vakillariga ko‘ra, “profilaktika uchun yopilgan” telekanallarning "mamlakatdagi eng yuqori lavozimli kishining siyosiy irodasi bilan yopilganini" Toshkentdagi telereklama agentliklaridan birining o‘zini Nora, deb atagan vakili Ozodlikka ma‘lum qildi.

Suhbatdoshga ko‘ra Gulnora Karimovaning “biznes-imperiyasida sarosima boshlangan va Karimovaning tan qo‘riqchilari boshlig‘i mamlakatdan qochib ketgan."

Hujatlarda "nodavlat telekanal", deya yuritilgan ForumTV, TV Markaz, NTT va SOFTS kanallarining asl egasi O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ekani iddao qilinadi.

O‘zbekistonning birinchi oilasiga o‘tmishda yaqin bo‘lgan manbaning Ozodlik bilan o‘zaro suhbatda aytishicha, "keyingi bir-ikki oy ichida Gulnora ustida qora bulutlar paydo bo‘lgani bois uning atrofidagi odamlardan bir necha nufuzli kishi mamlakatni tark etgan".

"O‘tgan oyda Gulnora Karimova AQShga viza olib, Nьyu Yorkka safar qilishni ko‘zlab turgan edi, lekin uni mamlakatdan chiqarishmadi", deya qo‘shimcha qildi suhbatdoshimiz.

Gulnora Karimovaga yaqin bo‘lgan toshkentlik jurnalist ismi aytilmaslik va ovozi efirga uzatilmaslik sharti bilan Ozodlikka ba‘zi tafsilotlarni bildirdi.

Suhbatdoshga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy xavfsizlik hizmati raisi Gulnora Karimovaning telekanallardagi noqonuniy hatti-harakatlariga oid barcha ma‘lumotlarni bir papkaga yig‘ib O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning qo‘liga topshirgan.

Ozodlikka ma‘lumot bergan jurnalist iddaosiga ko‘ra, "Karimov qo‘liga topshirilgan papkada telekanallarning mavjud qoidalarga rioya qilmagani va telekanallarda qo‘shiqlari aylantirilgan shoubiznes yulduzlaridan qattiq valyutada kirim qilinmagan pul olish tizimi yaratilgani borasida fakt va isbotlar bo‘lgan".

Bu faktlar bilan tanishgan Islom Karimov "o‘z qizi Gulnoraning jilovini tortib qo‘yishni buyurgan".

Ozodlik suhbatlashgan jurnalist iddaosiga ko‘ra, Gulnora Karimova tanqo‘riqchilari guruhidan mosuvo qilingan:

- Telekanallarning o‘chirib qo‘yilishi ham Gulnora Karimovaning jilovini tortib qo‘yish tadbiri doirasida amalga oshirildi, deydi suhbatdosh.

Uning aytishicha, shu kunlarda Gulnora Karimovaning har bir qadamini MXH kuzatmoqda.

- Gulnoraning barcha loyihalari ostin-ustun bo‘lib ketdi. Art Week Style.uz san‘at haftaligi va Oltin Gepard kinofestivalini ham to‘xtatishmoqchi edi, lekin chet eldan mehmonlar kelgani bois bunga jur‘at qilishmadi. Hammasi Akbarning qamalishidan boshlandi. (Gap Gulnora Karimovaning xolasi Tamara Sobirovaning 29 yoshli o‘g‘li Akbar Abdullayevning qamoqqa olingani ustida ketyapti - Ozodlik) Gulnoraning daxlsizligi SNB hodimlarining allaqachon joniga tekkan edi. Ular "Nirvana"ni ham yopib qo‘yishdi. (Gap Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri ekani aytiladigan Rustam Madumarovga qarashli "Nirvana" audio-video texnika do‘konlari haqida ketyapti - Ozodlik) Gulnoraning singlisi Lolaning intervyusi ham olovga kerosin sepdi. Koroche bardak. Lekin Gulnora kuchli ayol. U tentak emas. U o‘z odamlarini pistirmadan turib oyog‘idan chalmaydi, deydi Gulnora Karimovaga yaqin bo‘lgan toshkentlik jurnalist.

O‘zbekistonning birinchi oilasiga o‘tmishda yaqin bo‘lgan manbaning Ozodlik bilan o‘zaro suhbatda aytishicha, Gulnora Karimovaning shu kunlarda otasi qahriga uchrashiga uning so‘nggi haftalarda ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan oila a‘zolariga qarshi chiqishlari sabab bo‘lgan.

Gulnora Karimovaning muammolari ko‘payib ketganini ko‘rgan Internet-do‘stlari unga o‘z hamdardligini izhor qilishdi.

Bu hamdardlikka javoban Gulnora Karimova o‘zining Tvitterdagi mikroblogida
"Men yo‘qolganim yo‘q, meni yo‘qotishmoqchi! Behuda!!!))))", deb yozdi .

XS
SM
MD
LG