Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:18

Gulnora Karimova Tvitterda "maski-shou"ni "oshkor qildi"


20 oktabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes ob‘ektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgani aytiladigan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe- restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida Twitterdan foydalanmoqda.

Har kuni deyarli 24 soat davomida bitik qoldirayotgan @GulnaraKarimova o‘z tvitlari orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.


Ushbu jarayonni Ozodlikning yangi LIVE BLOGi orqali kuzating!!!


4 noabr: Gulnora "Maski shou" haqidagi videoni e‘lon qildi


Yarim tunda @GulnaraKarimovaning lentasida @hakimz0da nomidan qo‘yilgan video paydo bo‘ldi.

"Haqiqatni barchaga aytish vaqti keldi, shekilli", deya @hakimz0da Youtube tarmog‘iga joylangan "Кто посмел зашитить от маски-шоу в Узбекистане" nomli video linkini tashladi.

Karimova ushbu tvit-xabarni o‘z lentasida e‘lon qilar ekan "Haqiqat bo‘lsa, haqiqat... qanchasini urishdi va urishayapti", dedi.



Youtube tarmog‘iga 3 noyabr kuni joylangan tasvirda video kassetalari sotadigan do‘konga qilingan reyd ishtirokchilari aks etgan.

19 oktabr kuni bo‘lgani qayd qilingan ushbu reyd ishtirokchilarini noma‘lum bir shaxs videoga olib, ularni "so‘roq" qiladi.

Videoda e‘lon qilingan hujjatga ko‘ra, ushbu reyd joriy yilning 19 oktabr kuni Toshkent shahri Hamza tumani, To‘ytepa ko‘chasi, 1-uyda joylashgan "SD-PROFI" korxonasiga qarashli do‘konda bo‘lgan.

Videoda qayd qilinishicha, Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i R.M.Mirzayev buyrug‘i asosida kelgan soliqchilar orasida niqob kiygan "Burgut" guruhi yigitlari ham bor. (Bu guruhning qaysi organga qarashli ekani haqida Ozodlikda ma‘lumot yo‘q)

Reyd ishtirokchilarini suratga olayotgan noma‘lum shaxs do‘konning unga umuman aloqasi yo‘qligi, reyd haqida Internet orqali xabar topib kelganini aytadi.
XS
SM
MD
LG