Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:28

Hindiston Osiyoda birinchi bo‘lib Marsga raketa uchirdi


Hindiston o‘zining Srixarikota kosmodromidan Marsga bortiga odam bo‘lmagan raketa uchirdi.

Bir necha soat o‘tib raketa 1 tonna 350 kilogrammlik sun‘iy yo‘ldoshni Yer orbitasiga olib chiqdi.

“Mangalyaan” deb nomlangan sun‘iy yo‘ldoshning Yer orbitasida taxminan bir oy parvoz qilishi rejalangan. Keyin yo‘ldosh 300 kun davomida 780 million kilometr parvoz qilib 2014 yil sentyabr oyida Marsga yetib borishi va uning atmosferasini o‘rgana boshlashi rejalangan.

Agar bu reja amalga oshsa, Hindiston sobiq Sovet Ittifoqi, AQSh va Yevropadan keyin Marsni o‘rganishga kirishgan to‘rtinchi davlat bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, mazkur loyiha qiymati 80 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu boshqa davlatlar sarf-harajatiga nisbatan ancha arzon.
XS
SM
MD
LG