Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:07

Futbol: Qosimov noyabr o‘yinlariga kengaytirilgan tarkibni e‘lon qildi


Murabbiy Mirjalol Qosimov futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Vetnam va Gonkong jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e‘lon qildi.

Eslatamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2015 yilgi Osiyo kubogi saralash o‘yinlarida doirasida 15 noyabr kuni Vetnam, 19 noyabr kuni esa Gonkong terma jamolariga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o‘yin ham safarda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi 10 noyabr kuni Toshkentda o‘zining navbatdagi yig‘inini boshlaydi.

Osiyo kubogi saralash bosqichining “E” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ayni damda 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni uch o‘yinda uchta g‘alabaga erishgan BAA jamoasi egallab turibdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi doirasidagi Vetnam va Gongkong terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar uchun e‘lon qilgan kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov (“Nasaf”), Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Murod Zuhurov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Anzur Ismoilov (“Changchun Yatai”, Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Islom Inomov (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Shavkat Mullajonov (“Liaoning”, Xitoy), Davron Hoshimov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Aziz Haydarov (“Ash-Shabob”, BAA), Fozil Musayev (“Al-Mu‘ayzir”, Qatar), Sanjar Tursunov (“Gazovik”, Rossiya), Jasur Hasanov (“Bunyodkor”), Odil Ahmedov (“Anji”, Rossiya), Temur Kapadze (“Aktobe”, Qozog‘iston), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Syongnam Ilva”, Janubiy Koreya).

Hujumchilar: Bahodir Nasimov (“Neftchi”, Ozarbayjon), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Vohid Shodiyev (“Buxoro”), Shahzod Nurmatov (“Metallurg”), Ivan Nagayev (“Lokomotiv”).
XS
SM
MD
LG