Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:35

Bloomberg: Apple bukilgan ekranli iPhone ustida ishlamoqda


Apple shirkati taniqli iPhone smartfonining kattaroq va bukilgan displeyli modeli ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi ochiqlanmagan manbalariga asoslanib xabar berdi.

Xabarga ko'ra, "tishlangan olma" shirkati 2014 yilda displeyining kattaligi 4,7 va 5,5 dyuymli, g'ilofi va ekrani bukilgan ikkita yangi iPhone modelini sotuvga chiqaradi.

Apple kompaniyasi odatdagidek iPhone’ning yangi avlodi texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatamiz, oktabr oyida Apple'ning smartfonrlar bozoridagi asosiy raqobatchisi hisoblanmish Samsung kompaniyasi Galaxy Round nomli o'zining ilk ekrani bukilgan telefonini taqdim etgan edi.

Ko'p o'tmasdan LG shirkati ham bukilgan ekranli smartfon ishlab chiqqanni e'lon qilgan edi.

Apple shirkati 10 sentabr kuni iPhone smartfonining ikkita yangi modelini - iPhone 5S va iPhone 5C telefonlarini e'lon qilgan edi. Yangi smartfonlar 20 sentabr kuni sotuvga chiqqan va uch kunda 9 milliondan ko'rog'i sotilgan edi.
XS
SM
MD
LG