Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:26

Tojikistondan keltirilgan narkotiklarni Toshkentda sotgan guruh jazoga tortildi


Toshkent viloyatidagi Bekobod shahar sudi qo‘shni Tojikistonning Sug‘d viloyatidan kontrabanda yo‘li orqali keltirilgan narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruh a‘zolarini uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qildi.

Mahalliy axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Bekoboddan Toshkentga yashirincha olib kelingan giyohvandlik moddalari poytaxtdagi bangilarga sotilgan.

Guruh a‘zolari oxirgi marta uchta polietilen paketga joylangan narkotiklarni avtobus o‘rindig‘i ostiga yashirib Toshkentga olib kelgan paytda Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sud qaroriga ko‘ra, guruhga boshchilik qilgan Baxtiyor Qosimov 14 yilga, uning ukasi Shamsuddin Qosimov 12 yilga, Namoz Murotov 13 yilga, Husniddin Siddiqov 12 yilgan va narkokurьer F.Xalisov esa 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
XS
SM
MD
LG