Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:51

Gulnora Karimova onasini pulga sig‘inishda aybladi


20 oktabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes obyektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe- restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida Twitterdan foydalanmoqda.

Har kuni deyarli 24 soat davomida bitik qoldirayotgan @GulnaraKarimova o‘z tvitlari orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.

18 noyabr. Gulnora Karimova onasini pulga sig‘inishda aybladi

Gulnora Karimova onasini "pulga sig‘inish"da ayblab, "otasi hech qachon onasini sevmagani" haqida tavitladi.
Avvalroq onasini jodugarlikda ayblagan Gulnora Karimova 18 noyabr kuni onasini “pulga sig‘inish”da aybladi.
"Oilamizda pulga sig‘inish hech kimda bo‘lmagan. Keyinchalik u onamda paydo bo‘ldi”, deb yozdi @GulnaraKarimova.
Karimova xonim shu kunning o‘zida onasi sha‘niga qarshi yana bir qancha tvit qoldirdi.


“Boshqalarga muhabbat bera olmasligi jahlni chiqaradimi? Yo‘q! Unga achinaman! U sevish nima ekanini bilmaydiku! Aftidan uni hech qachon hech kimni sevmagan!”, deya yozdi Karimova.
Bu gaplar aynan onasiga qaratilganini ikkita tviti orqali ta‘kidlagan Gulnora “otasi onasini hech qachon sevmagani”ni ham yozdi.

XS
SM
MD
LG