Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:03

"Chegara bilmas muxbirlar" Muhammad Bekjonni taqdirladi


Parijdagi "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti o‘zining yillik mukofotini 15 yildan buyon qamoqda saqlanayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Muhammad Bekjonga berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Matbuot erkinligi himoyasi uchun kurashchi sifatida taqdirlanayotgan Muhammad Bekjon qamalishidan oldin muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi nashriga muxarrirlik qilgan.

60 yoshli Muhammad Bekjon 1999 yil 16 fevral kuni Toshkentda sodir bo‘lgan portlashlarga aloqadorlikda ayblanib, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va bu muddat o‘tgan yili tugashi kerak edi.

Ammo u 2012 yilning 25 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi qamoqxonada bo‘lib o‘tgan mahkamada “ichki tartibni buzdi”, degan ayblov bilan yana besh yillik jazoga hukm qilingan.

Muhammad Bekjon o‘zi ustidan o‘tkazilgan mahkamada portlashlarga aloqadorlik haqidagi ayblarni qat‘iyan rad etgan edi.

Muhammad Bekjonning rafiqasi Nina Bekjon va uch qizi AQShda yashaydi
Muhammad Bekjonning rafiqasi Nina Bekjon va uch qizi AQShda yashaydi
Hozirda Bekjon Navoiydagi Zarafshon qamoqxonasida saqlanmoqda. Shu yilning mart oyida uni qamoqxonaga borib ko‘rgan rafiqasi Nina Bekjon turmush o‘rtog‘ining sog‘lig‘i o‘ta yomonlashgani va unga jarrohlik amaliyoti zarurligini aytgan edi.

Muhammad Bekjonning rafiqasi va uch qizi hozir Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashashadi.

Qamalishidan oldin Muhammad Bekjon muxolifat nashri hsioblangan “Erk” gazetasiga bosh muxarrirlik qilgan.

U muxolifatdagi O‘zbekiston xalq harakati va Erk partiyasi lideri Muhammad Solihning ukasidir.

Inson huquqlari tashkilotlari Muhammad Bekjon prezident Karimovning siyosiy raqibi bo‘lgan akasi Muhammad Solihning faoliyati uchun jazolanganini aytishadi.
XS
SM
MD
LG