Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:43

Dubay prokuraturasini portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlik aybni tan olmadi


O‘zbekistonlik Zeleva Himraviya 1 sentyabr kuni Dubay Bosh prokuraturasi binosini bilan tahdid qilgan edi.
O‘zbekistonlik Zeleva Himraviya 1 sentyabr kuni Dubay Bosh prokuraturasi binosini bilan tahdid qilgan edi.
Dubay Bosh prokuraturasi binosida o‘zini portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlik ayol o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni tan olmadi.

GulfNews agentligining xabar qilishicha, 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yakshanba kuni Dubay Birinchi instantsiya sudiga olib kelingan.

O‘zbekistonlik Zeleva Himraviya 1 sentyabr kuni Dubay Bosh prokuraturasi binosiga kirib, badanidagi bombani portlatish bilan tahdid qilgani haqida Ozodlik xabar qilgan edi. 13 soatlik amaliyotidan so‘ng bu ayol 2 sentyabr kuni politsiya tarafidan hibsga olingan edi.

Qo‘lga olinganidan keyin ayolning yonida hech qanday portlovchi moslama topilmagani xabar qilingan edi.

Lekin dushanba kuni paydo bo‘lgan xabrda aytilishicha, prokurorlar ayolga portlovchi belbog‘ni tayyorlash va prokuratura binosini garovga olishda yordam bergan BAA fuqarosiga qarshi ayblovlarni ham e‘lon qilgan. Shaxsi M.Y. deb berilayotgan bu odamning harbiy ekani va u ham o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni inkor qilgani aytiladi xabarda.

O‘zbekistonlik ayolning prokuratura binosini garovga olishidan maqsad 10 yoshli o‘g‘liga BAA parsportini talab qilgan. Uning iddao qilishicha, o‘g‘lining otasi BAA fuqarosi bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, bolaning otasi Dubay markaziy qamoqxonasida jazo muddatini o‘tamoqda. Matbuotda uning qamoqqa olingani sabablari ma‘lum qilinmagan.

Prokuratura vakillari Ozodlikka bu ayol 10 yil davomida Dubayda noqonuniy tarzda yashab kelganini bildirgan edi.
XS
SM
MD
LG