Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:16

Xitoy fuqarosi Toshkent aeroportida 9600 dollar bilan ushlandi


Toshkentdan Pekinga uchmoqchi bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi poytaxt aeroportida bojxona tekshiruvi paytida 9600 AQSh dollari bilan ushlandi.

Bojxona xodimlari deklaratsiyaga yozilishi kerak bo‘lgan qimmatbaho buyumlar yoki hujjatda qayd etgan 500 dollardan ortiq puli bor-yo‘qligini so‘raganida xitoylik boshqa puli yo‘qligini aytgan.

Uning chemodani skanner qilinganida ichida 9600 dollar borligi aniqlangan.

Podrobno.uz nashri xabariga ko‘ra, ushbu qonunbuzarlik voqeasi bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, 2013 yil davomida mamlakat bojxona postlarida qiymati 3 milliard 146 million so‘mga teng bo‘lgan xorijiy valyutaning noqonuniy harakatiga oid 829ta holat qayd qilingan.
XS
SM
MD
LG