Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:43

Gulnora Karimova: Davlat to‘ntarishiga harakat bo‘layotgan ko‘rinadi!


20 oktyabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes ob‘ektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe- restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda.

Karimova Tvitter va Instagram orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.

Gulnora Karimova: Davlat to‘ntarishiga harakat bo‘layotgan ko‘rinadi!


Gulnora Karimova 22 dekabr kuni o‘z tvit lentasida O‘zbekistonda “davlat to‘ntarishi qilishga harakat qilinayotgan ko‘rinadi” deya iddaoli tvitlar qoldirdi.


"Kulgili! Inoyatovning qarindoshi- shahar prokurorining o‘rinbosari Miraglam, uning o‘g‘li-Rashid, shahar MXXsi, Xavfsizlik xizmati sobiq boshlig‘i, hozirda esa Inoyatov o‘rinbosari Hayot, Vazirlar mahkamasi raisi Mirziyoyev, Prezident xavfsizlik xizmati (SBP)ning yangi boshlig‘i Tohiriy, uning o‘rinbosari Abdurahim Mo‘minov kabi... mayda amaldorlar kuchi bilan... davlat to‘ntarishi qilishga harakat qilinayotgan ko‘rinadi...

Har doim, barcha zamonlarda buyuk ishlar shunday qilingan va qilinayapti! Mayli ko‘ramiz..! Bunday ko‘zbo‘yamachilikni butun dunyoga qanday ko‘rsatisharkin!", deya tvitladi Gulnora Karimova.



"Ular qo‘llovsiz bunga erisha olishadimi?", deya berilgan tvit-savolga javoban Karimova xonim "Ular xorijdan va mamlakat ichkarisidan qo‘llab-quvvatlash va‘dasini olishgan (Tat yana Akbarovna o‘z dividentlarini oladi)", deya ilmoqli gaplar yozdi.
XS
SM
MD
LG