Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:58

Futbol: "Krasnodar" Odil Ahmedovga qiziqish bildirmagan


Rossiya Premyer-Ligasidagi "Anji" klubida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedovning "Krasnodar" jamoasiga o'tishi haqidagi xabar inkor etildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ahmedovning "Krasnodar"ga o'tishi haqida 23 dekabr kuni "Izvestiya" nashri xabar bergan edi. Nashrga ko'ra, Odilning transfer narxi 11 million yervroni tashkil etgan.

Biroq Sports.ru nashriga intervyu bergan “Krasnodar” klubi seleksiya xizmati rahbari Sergey Vaxrushev uning klubi o'zbekistonlik futbolchi bilan qiziqmayotganini bildirdi.

- Hech qanday muzokaralar olib bormayapmiz. Bu xabarlarning barchasi haqiqatga mutlaqo zid, - deydi Sergey Vaxrushev.

Eslatamiz, avvalroq qator Rossiya nashrlari yarim himoyachi Odil Ahmedovning kelayotgan qishki transfer oynasida Sankt-Peterburgning "Zenit" va Moskvaning SSKA jamoalariga o'tishi mumkinligi haqida yozishgan edi. Biroq hozirgacha bu xabarlar ham o'z tasdig'ini topgani yo'q.

Shunga qaramasdan, 26 yoshli Odil Ahmedovning yulduzli tarkibini deyarli sotib bo'lgan "Anji" klubini yanvar oyida tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar borgan sari urchib bormoqda.

"Anji" parchalanmoqdami?


Joriy yilning yoz oylarida "Anji" egasi Sulaymon Kerimov klubda qator islohotlar o'tkazmoqchi ekani, jumladan, jamoaning yetakchi o'yinchilarini sotishini bildirgan edi.
Eto'O, Villian, Denisov, Jirkov kabi futbolchilarni sotib yuborgan "Anji" ayni damda 19 uchrashuvda 8 ochko qozongan holda Premyer-liganing eng quyi pog'onasida bormoqda. 2012/2013 yilgi mavsumda esa maxachqal'alik jamoa Rossiya chempionatining bronzasiga sazovor bo'lgan edi.
Odil Ahmedov "Anji" safiga 2011 yili "Paxtakor"dan ijara asosida kelib qo'shilgan. Ijara muddati yakunlanganidan so'ng dog'istonlik jamoa Ahmedovni to'liq sotib olishga qaror qilgan.
2011 yil natijalariga ko'ra o'zbekistonlik futbolchi "Anji"ning eng yaxshi o'yinchisi, deb e'lon qilgan edi.
26 yoshli Odil Ahmedovning Dog'iston klubi bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozigachga mo'ljallangan.
Professional keryerasini 2006 yili Toshkentining "Paxtakor" futbol klubida boshlagan Ahmedov 2007 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi sha'nini himoya qilib keladi.
Futbolchi milliy terma jamoa safida 52 ta o'yin o'tkazib, ularda 8ta gol urgan.
Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo'yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko'ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6 million yevroga teng.
XS
SM
MD
LG