Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:05

Farg‘ona neft zavodi xodimlari ustidan jinoyat ishi ochildi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) va Bosh prokuratura bo‘linmalari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining hibsga olingan xodimlariga qarshi jinoiy ish ochdi. Hozirda qo‘lga olinganlar tergovchilar bilan hamkorlik qilib, aybiga iqror ekani to‘g‘risida ko‘rsatma berayotgani xabar qilinmoqda.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining qo‘lga olingan xodimlariga qarshi jinoiy ish ochilgani va ular aybiga iqror ekani to‘g‘risida ko‘rsatma berayotganini huquq-tartibot organlariga yaqin manbalarga tayanib 12uz.com axborot portali 31 dekabr kuni xabar qildi.

Nashrga ko‘ra, zavodning bir gurux xodimi moliyaviy firibgarliklar amalga oshirish va nazorat qilinmaydigan daromadga ega bo‘lish uchun jinoiy gurux tuzgan.

Ularning firibgarligi ortidan davlatga o‘nlab million AQSh dollari miqdorida zarar yetgani aniqlangani iddao qilinmoqda.

Zavodda sodir etilgan firibgarliklarga bevosita aloqador bo‘lgani gumonlangan olti mansabdor va moddiy-mas‘ul xodimlar qachon qo‘lga olingani ma‘lum qilinmagan.

Qo‘lga olinganlar moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirish mexanizmini va noqonuniy pullarni yuqori lavozimli amaldorlarga “uzatish” faktlarini ham aytib bergan.

Ozodlikning Farg‘onadagi manbasiga ko‘ra, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining bir necha amaldori huquq-tartibot organlari tomonidan ikki oy oldin qo‘lga olingan, ular orasida direktor o‘rinbosarlari ham bor.

- Oktyabrь oyida zavodning bir guruh xodimlari qo‘lga olingan edi. Ular orasida aka-uka Meliqulovlar ham bor. Ulardan biri, menimcha, mahsulotlarni sotish (sbit) bo‘yicha, yana biri ta‘minot bo‘yicha o‘rinbosar edi. Bir-ikki yil ishlagach, ular ham avval ishdan olinganlarning xatolarini takrorlagan. Lekin ularga qanday ayb qo‘yilayotganini ayta olmayman, - dedi suhbatdosh.

Unga ko‘ra, bu amaldorlar “Zeromaks” shirkati o‘rniga tuzilgan “Gissarneftegaz” nomli ofshor shirkati tuzib, zavodning xorijga eksport qiladigan barcha mahsulotini o‘sha shirkat orqali amalga oshirib kelgan.

“Gissarneftegaz” ofshor shirkatiga esa aka-ukalardan birining o‘g‘li rahbar bo‘lgani aytilmoqda.

2013 yil davomida O‘zbekistonda yonilg‘i taqchilligi yuzaga kelganidan so‘ng neftni qayta ishlash korxonalari va neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalard "qora niqobli" organ xodimlari reydlar o‘tkazdi.

2012 yilning 8 iyunida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xodimlaridan 30 ga yaqini hibsga olindi.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi taftishlar bois 2013 yil noyabr oyi boshida “O‘zbekneftgaz” milliy xolding shirkati rahbarining birinchi o‘rinbosari 58 yashar Shavkat Majidov to‘satdan ishdan olindi.

Farg‘ona Neftni qayta ishlash zavodi faoliyatini mustaqil tahlil qilgan Ozodlik manbasiga ko‘ra, "Farg‘ona neft zavodi O‘zbekiston prezidentiga yaqin bo‘lgan shaxslar nazoratida bo‘lib, zavodda korruptsiya va o‘g‘irlik holatlari ko‘paygan".

Manbaga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi neft oldi-sotdisi yaqinlargacha prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimovaning jiyani Akbarali Abdullayev tomonidan nazorat qilingan.

10 oktyabr kuni hibsga olinib, poraxo‘rlik, soliqlarni yashirganlik va mulkni o‘zlashtirishda ayblanayotgan 29 yashar Akbarali Abdullayev Toshkentdagi hibsxonalardan birida saqlanayotgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG