Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:57

Moskva aeroportlarida yo‘lovchilarga yangi cheklovlar joriy etildi


Sochida o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlari xavfsizligini ta‘minlash maqsadida Moskva aeroportlarida yo‘lovchilarga suyuqlik olib o‘tish taqiqlandi.

Vnukovo va Sheremetyevo aeroportlari matbuot xizmatining bildirishicha, yo‘lovchilar ro‘yxatga olinishidan oldin “barcha suyuqliklar, jumladan, shaxsiy gigiyena vositalari, kosmetika, dorilar, sprey va gellar”ni tashlab yuborishi lozim. Bundan tashqari bo‘yyoq, turpoq va yelim olib o‘tish ham taqiqlanadi.

Mazkur cheklov joriy etilguniga qadar Moskva aeroportlarida uchoqqa 100 milligram miqdorida suyuqlik olib o‘tishga ruxsat berilar edi.

Salomatligi tufayli uchoqqa dori bilan chiqishga majbur bo‘lgan yo‘lovchilar esa aynan mana shu dorisiz uning hayoti xavf ostida bo‘lishi to‘g‘risida tibbiy ma‘lumotnomani taqdim etishi shart bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG