Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:43

Televizor¸telefon¸ mashina to‘y va qabr toshi


2014 yilda o‘zbek istemolchilari xarid qilishni rejalagan 10 mahsulot borasida o‘ndan ortiq o‘zbekistonlikni savolga tutdik. Turli yosh va ijtimoiy mavqedagi respondentlar 2014 yil pul sarflamoqchi bo‘lgan mahsulot va tadbirlarning o‘ntasini sanab berishdi.

Euromonitor International tashkiloti iste‘molchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tadiqiqot xulosalarini e‘lon qildi.

Bir hisobot tarzida e‘lon qilingan bu tadqiqot “Top 10 global Consumer Trends For 2014” deya sarlavhalandi.

Bu tadqiqotda 2014 yilda iste‘molchilar tanlaydigan o‘nta asosiy mahsulot aniqlangan.

Hisobotga ko‘ra¸ aksar iste‘molchilarning 2014 yilda yangi rusumli aqlli telefonlar¸ ekologik toza va semirtirmaydigan oziq ovqatlarni sotib olishi taxmin qilinadi.

Shuningdek 2014 yilda iste‘molchilarning salbiy imiji bo‘lmagan shirkat mahsulotlarini olishga moyilligi ham Euromonitor International tashkiloti tarafidan taxmin qilindi.

2014 yilda o‘zbek istemolchilari xarid qiladigan 10 mahsulot borasida o‘ndan ortiq o‘zbekistonlikni savolga tutdik

Turli yosh va ijtimoiy mavqedagi respondentlarning ko‘pchiligi ekologik toza mahsulotlarni iste‘mol qilish O‘zbekistonga xos xolat emasligini aytishdi.

Xosiyat ismli Adliya vzirligida ishlaydigan 51 yashar ayolning ¸ aytishichao‘zbeklar qop-qop guruch¸ mosh va un sotib olib qo‘yishadi:

- Bozorda bu mahsulotlarning yaxshisini ko‘tara olamiz. O‘shanda baraka bo‘ladi. Bu yilgi rejada to‘y bor. O‘g‘il uylantiramiz. Bari xarajat ¸ shungadeydi suhbatdosh.

O‘zini Zulfiya deb tanishtirgan buxorolik 25 yashar uy bekasi yil oxirigacha olishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni sanab berdi:

1.Televizor; 2.Oshxonaga burchak; 3.Yangi tish protezi; 4.Yangi darvoza; 5.Ayvon remonti; 6.Atir -upa; 7.Kiyim. Qolgan pullarni mashina sotib olish uchun yig‘amiz¸ deydi Zulfiya.

Suhbatimizda qatnashgan toshkentlik 55 yashar Sohiba ismli ayol 2014 yilda asosiy qiladigan ishi olamdan o‘tgan onasining mozori ustiga qabr toshi qo‘yish ekanini bildirdi.

Suhbatdosh uyni ta‘mir qilishni ham rejalagani¸ ammo onasining go‘riga qabr toshi o‘rnatish ustivor xarajat ekanligini aytdi.

Ozodlik suhbatlashgan 10 kishidan 3 nafari qabrlarni obod qilish bilan bog‘liq xarajatlar 2014 yil rejasiga kiritilganini aytishdi.

Pul topdim endi mazza qilishni istayman

O‘zbekistondagi gipermarketlardan birida boshqaruvchi bo‘lib ishlaydigan va o‘zini Dilafro‘z deb tanishtirgan 30 yashar qiz topgan pulini faqat sifatli narsalarga sarflashini aytadi:

- Pul topib, maza topmadim deyishadiku¸men pul topdim, endi mazasini ko‘rmoqchiman. Birinchi xarajat¸ sifatli ovqatlanishga sarf bo‘ladi. Ikkinchisi¸ noutbuk. Uchinchisi¸ qimmat telefon. To‘rtinchisi¸ sport inventari. Men qaddi-qomatim raso bo‘lishi uchun mashg‘ulot o‘tkazishga sport uskunasi sotib olaman. Yana 2014 yilda mashina sotib olishni rejalaganman. Bularning qatorida katta televizor olmoqchiman. Qancha katta bo‘lsa¸ shuncha yaxshi. Agar pulim yetmasa¸ boshqalardan qarz olib bo‘lsa ham katta televizor olman¸ deydi Dilafro‘z.

Germaniyada bola-chaqasi bilan yashaydigan va o‘z ismi aytilishini istamagan o‘zbekistonlik qiz 2014 yilda televizor sotib olish va to‘y qilish niyati yo‘qligini aytadi.

- Xarajatlar¸ asosan¸ O‘zbekistongga borib -kelish uchun aviabilet, qisqa Yevropa safari uchun pul, bolalar xonasiga yangi mebelь. Ozrok oltinga ham sarflash planimda bor. Ya‘ni¸ zeb-ziynat. Lekin xarajatlar o‘ntaga yetmadi. Yirik planlarim shular¸ xudo xoxlasa . Televizor olish rejada yo‘q. O‘tgan yil olgandik. Shunga qanoat qilamiz. O‘zbekistonga borib ota-bobolar qabrlarni obod qilishga ham pul sarflaymiz¸ lekin katta sarf-xarajat¸ ya‘ni maqbara qurdirmaymiz. Borganda tozalash¸ buunga katta pul ketmaydi. To‘y qilmoqchi edik¸ bu yil rejaga kirmayapti. Yanayam yaxshi niyatimiz bor xar qalay¸ deydi Germaniyada oilasi bilan yashaydigan va o‘z ismi aytilishini istamagan o‘zbekistonlik qiz.

Germaniyada yashaydigan O‘zbekistonlik olim Bahodir Siddiqov 2014 yilda topgan tupganini kitobga sarf qilajagini aytgan bo‘lsa¸ O‘zbekiston shou biznesi haqida maqola yozadigan toshkentlik jurnalist Jasur Hamroyev barcha pulini dunyo bo‘ylab sayohatga sarflash niyatini ochiqladi.

Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Shoir Mamatqulov 2014 yilda pulini kvartira sotib olish va uylanish uchun atab qo‘yganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG