Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:32

Gulnora Karimova otasi bilan yarashgani aytilayapti


20 oktyabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes obyektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe- restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda.

Karimova Tvitter va Instagram orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.

Gulnora Karimova otasi bilan yarashgani aytilayapti


Kattalashtirish uchun suratga bosing
Kattalashtirish uchun suratga bosing
“Gulnora Karimova otasi Islom Karimov bilan 2 yanvar kuni uchrashgan va otasi bilan yarashgan”.

Bu haqda habar qilgan Uznews.net sayti ma‘lumotiga ko‘ra, Gulnora Karimovaning o‘zi mazkur sayt savollariga javob berib, otasi bilan yarashganini tasdiqlagan.

18 yanvar kuni Gulnora Karimova Tvitterdagi sahifasi orqali yangi ijodiy loyiha boshlaganini yozib, Instagram va Tvitterda @freeGULIdomga link berdi.

Uznews.net sayti yozishicha, Karimova xonim otasi Islom Karimovning ruxsati bilan dizayn yo‘nalishidagi yangi loyihani yo‘lga qo‘yapti.

O‘tgan yilning sentyabr oyidan boshlab Gulnora Karimova boshi uzra aylangan qora bulutlarga aynan otasi bilan kelishmay qolgani sabab ekani aytilgan edi.

Gulnoraning o‘zi otasi Islom Karimov bilan munosabatlarining sovuqlashishida onasi va singlisini ayblab kelgan.
XS
SM
MD
LG