Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:03

O'zbekistonlik sportchilar Sochiga yo'l olmoqda


O‘zbekiston olimpiyachilari delegatsiyasi 3-4 fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida o'tadigan XXII Qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun safarga chiqadi.

7 fevral kuni boshlanadigan Olimpiadada O'zbekiston sha'nini uch nafar sportchi himoya qiladi. Ular figurali uchish bo‘yicha jahon miqyosida ancha tanilib qolgan Mixail Ge hamda chang‘ichilar Kseniya Grigoryeva va Artyom Voronovlardir.

20 yoshli Voronov va 22 yoshli Ge ilk bor Olimpiada o'yinlaridan ishtirok etishmoqda. 27 yoshli Grigoryeva esa 2010 yilda Vankuver Olimpiadasida qatnashgan.

Mart oyida bo'lib o'tadigan Paralimpiada o'yinlarida esa O'zbekistondan ikki nafar sportchi ishtirok etadi - chang'ichi Ramil Gayazov va snoubordchi Yevgeniy Slepov. Qayd etish joiz, O'zbekiston Qishki Paralimpiada o'yinlarida ilk bor qatnashmoqda.

Qishki Olimpiadada Markaziy Osiyoni tamsil etadigan 50 sportchidan 44 nafari qozog‘istonlikdir. O‘zbekistonning uch, Tojikistonning ikki va Qirg‘izistonning faqat bir nafar sportchisigina Qishki Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Turkmanistonlik sportchilar Olimpiadada ishtirok etmaydi. Mazkur mamlakat so‘nggi 22 yil davomida Qishki Olimpiadada birorta sportchisi bilan ishtirok etmagan.

Sochi Olimpiadasi 7 fevraldan 23 fevralgacha bo'lib o'tadi. Unda 16ta qishki sport turlari bo'yicha bellashuvlar o'tkazilib, jami 98 ta komplekt medallar o'ynaladi.
XS
SM
MD
LG