Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:13

O‘zbekiston yana jurnalistlar uchun xavfli deb topildi


Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) O‘zbekistonni jurnalistlar uchun xavfli mamlakatlar qatoriga qo‘ydi.

CPJ e‘lon qilgan “Matbuotga hujum. 2013 yil jurnalistika jabhalarida” nomli hisobotda O‘zbekistondan tashqari jurnalistika doimiy tahdid ostida bo‘lgan mamlakatlar sirasida Rossiya, Belarus, Ukraina, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon ham keltirilgan.

Mazkur ro‘yxat matbuot erkinligi, o‘ldirilgan, qamoqqa tashlangan va mamlaktani tark etishga majbur bo‘lgan jurnalistlar soni, davlat tsenzurasi kabi omillarga ko‘ra tuziladi.

Hisobotning O‘zbekistonga doir qismida bu mamlakat hukumati ko‘plab mustaqil jurnalistlarni ularning faoliyati uchun qamoqqa tashlashi qayd etiladi. Ko‘p yillardan beri jurnalistlar va tanqidchilarning ta‘qib qilinishi matbuotni deyarli yo‘qqa chiqargani oqibatida o‘zbekistonliklar axborot qamalida qolayotgani ta‘kidlanadi.

Hisobotda 2013 yilning oxirda kamida to‘rt nafar jurnalist qamoqda qolayotgani va ularga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilayotgan bo‘lishi mumkinligi eslatiladi.

Bir kun avval, 12 fevral kuni Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti ham matbuot erkinligiga doir navbatdagi reytingida 180 mamlakat orasida O‘zbekistonni 166 o‘ringa qo‘ydi.
XS
SM
MD
LG