Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:23

Ukrainada yashayotgan o‘zbeklar Kiyevdagi voqealarni tushuntirishga urindi


Ukraina poytaxti Kiyevdagi voqealar 20 fevralga kelib yanada keskinlashib ketdi. Shu kunning birinchi yarmidayoq norozilar turgan maydonda namoyishchilardan 17 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. Kiyevdagi voqealar to‘g‘risidagi xabarlar va ularning tahliliga bag‘ishlangan materiallar juda ko‘p. Tahlilchilarning Ukrainadagi voqealarga berayotgan baholari ba‘zan bir-biriga shu qadar zidki, ular bilan tanishgan odam qay biriga ishonishni bilmay qiynaladi.

Shuning uchun bugun OzodNazar formatini o‘zgartirib, unga bir tahlilchini (professional siyosatshunosni) emas, balki bir necha kishini – Ukrainaning turli mintaqalarida yashayotgan oddiy o‘zbeklarni taklif qilishga va voqealarga ularning ko‘zi bilan nazar tashlashga qaror qildik.

Ma‘lumki, Kiyevdagi voqealarga munosabatida mamlakat aholisi ikkiga bo‘linib qolgan: ruslar va rus tilida so‘zlashuvchilar ko‘pchilikni tashkil qilgan sharqiy viloyatlar Prezident Yanukovich tarafdori bo‘lsa, g‘arbiy viloyatlar aholisi muxolifatni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Eshittirishni tayyorlar ekanmiz, shu omilni hisobga oldik. Unda Xarkov va Donetskda (Yanukovichni qo‘llaydigan oblastlar) yashaydigan o‘zbeklar ham, Kiyev Maydonidagi muxolifat tarafdorlari safida ularga ko‘mak ko‘rsatayotgan o‘zbek ham bor.

XS
SM
MD
LG