Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:01

Toshkent markazidagi masjid ehson qutisini o‘marganlar hali ham topilmadi


O‘tgan dushanba kuni bir guruh o‘g‘rilar Toshkent markazidagi Xo‘ja Alambardor masjidining kuzatuv kameralarini sindirib¸ talonchilik qilishgan edi. Bu haqda ma‘lum qilgan masjid Internet saytida aytilishicha, o‘g‘rilar ehson qutisini o‘g‘irlashgan.

17 fevral kechasi Toshkentning Kamolon ko‘chasida joylashgan Xo‘ja Alambardor masjidiga o‘g‘rilar tushgani haqida ibodatxona rasmiy saytida ma‘lum qilindi.

Internetdagi forum.islom.uz nashrining o‘zini Bahodir Muhammad deb atagan mushtariysi Xo‘ja Alambardor masjididagi o‘g‘irlik tafsilotlarini yozdi.

“17 fevral tungi 01:31 daqiqa o‘tgan vaqtda masjidga 3-4 nafar o‘g‘ri keldi. O‘g‘rilardan biri masjidning kirish eshigi oldidagi kuzatuv kamerasini qo‘lidagi temir bilan urib sindirdi. Kamera o‘z joyidan ko‘chib ketgan bo‘lsa ham, ulangan simga osilib qolgan tarzda suratga olishda davom etdi. Shu yerda bir holat insonni hayratlantirdi. O‘g‘rilardan biri kamerani butkul uzib olib tashlash maqsadida qo‘lidagi temir bilan urdi, Alloh taolo o‘sha vaqtning o‘zida o‘sha uddaburon o‘g‘rining jazosini berdi. O‘g‘ri oyoq tagidagi qorga sirpanib, yuzi bilan yerga yiqildi va uch daqiqalar o‘ziga kelmay, hushdan ketib qoldi. Uni sheriklari sudrab olib ketishdi", deb yozadi mushtariy.

Ozodlik manbalarining aytishicha¸ o‘g‘rilar Xo‘ja Alambardor masjidining ehson qutisini o‘marishgan. Bu qutidagi pul bir oyda bir marta ochilishi kerak bo‘lgan.

O‘g‘rilar quti ochiladigan kundan sal oldin sadaqa sandig‘ini olib qochishgani aytilmoqda.

Masjiddagi o‘g‘irlik haqida maqola yozgan mahalliy jurnalist Jasur Hamroyevning Ozodlikka bildirishicha¸ o‘g‘rilar masjiddan faqat ehson qutisini olib ketishgan.


Youtube tarmog‘iga joylangan bu videoda 2013 yil 1-noyabr kuni juma namozidan avval soat 12:00larda tahorat olish xonasida o‘g‘rilik sodir etilgani iddao qilinadi..

Internetdagi forum.islom.uz nashri mushtariysi Bahodir Muhammadning 21 fevral kuni qoldirgan yozuvlariga ko‘ra¸ hali o‘g‘rilar ushlanmagan va bunday o‘g‘irliklar oqibatida masjidlar iqtisidiy mushkul axvolga tushmoqda:

“Uch-to‘rtta niqob kiygan uddaburon o‘g‘rilar, masjid ehson qutilarini va undagi mablag‘larni o‘g‘irlashmoqda. Shu mablag‘ bilan barcha xarajatlarini qoplaydigan masjidlar, o‘g‘rilik sabab jiddiy zarar ko‘rmoqda. Kommunal to‘lovlardan qarzini uza olmay, xodimlarga oylik bera olmay juda qiyin holatga tushgan masjidlar ham bor”, deb yozdi sayt mushtariysi.

Ozodlikning Toshkentdagi manbalariga ko‘ra¸ keyingi ikki oy ichida O‘zbekistondagi masjidlarda o‘ndan ziyod masjid o‘g‘rilarga nishon bo‘lgan.

Bunday iddaoni Internetdagi forum.islom.uz nashri mushtariysi Bahodir Muhammad ham takrorladi.

“So‘nggi ikki oy ichida shahrimizdagi 50 – 60ga yaqin jome‘ masjidlarida ham sodir bo‘layotgan bunday “hayratlanarli” o‘g‘irliklar ortidan namoz vaqtlarida “shayton yo‘ldan ozdirgan”larga insof tilab, duolar qilindi. Biroq, ijobiy natijaga erishilganicha yo‘q. Militsiya xodimlariga murojaat ham boshlandi. Balki, endi biror natija bo‘lar? Har oyda bir marta ochiladigan ehson qutilari o‘g‘irliklar sabab har haftada ochiladigan bo‘ldi”, deb ta‘kidlanadi forum.islom.uz nashrida qoldirilgan izoxda.

Taxoratxonadagi voqea Internetda "xit" bo‘ldi

Shu yilning 9 yanvarida internetda Youtube tarmog‘iga yuklangan va Toshkentdagi Xo‘ja Alambardor masjididagi o‘g‘irlik aks etgani iddao qilinadigan videotasvir musulmonlar orasida keng muhokama bo‘ldi.

Tasvirga ko‘ra, masjidda o‘rnatilgan yashirin kamerada, 2013 yil 1-noyabr kuni juma namozidan avval soat 12:00larda tahorat olish xonasida "o‘g‘rilik sodir etilgan".

Tasvirda birovning qora kiyimi ustiga o‘zini kulrang kostyumini ilib, go‘yoki o‘zini kostyumini titayotgan qilib ko‘rsatganu, aslida uning ostida qolgan qora ustki kiyimdan pullarni o‘g‘irlab o‘zining kostyumiga solayotgan kimsa hatti-harakati aks etgan lahzalar yozilib qolgan.

Internetga yuklangan tasvir ortiga o‘g‘irlikning gunoh ekanligi borasida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning va‘z nasihatlari yozilgan.

Tahoratxonada o‘g‘irlangan iPhone

Keyingi ikki oy ichida Toshkent shahrida va ayrim chekka viloyatlar masjidlarida ham katta va kichik o‘g‘irliklar sodir bo‘layotgani aytildi.

Chilonzor tuman ichki ishlar boshqarmasida ishlaydigan va o‘zini Ravshan deb tanishtirgan uchastka noziri bu o‘g‘irliklarni amnistiya bois qamoqdan ozod bo‘lgan fuqarolar sodir qilayotganini Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda aytdi.

Suhbatdoshga ko‘ra, masjid kutubxonasidagi qimmat kitoblar, namozxonlarning soatlari, telefonlari, oyoq kiyimlari, ust-bosh kiyimlari va turli qimmatbaho kiyimlari o‘g‘irlanmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan nomozxonlar esa¸ ko‘p hollarda bu o‘g‘rilarning jazosiz qolayotganidan shikoyat qilishadi.

forum.islom.uz nashri mushtariysi Bahodir Muhammadning yozishicha ko‘p o‘g‘irliklar masjid taxoratxonasida bo‘ladi:

"Yaqinda tahoratxonada bir namozxonning 400000 so‘m mablag‘ini ochiqchasiga o‘g‘irlab olib chiqib ketdi. O‘g‘ri ham 40-45 yoshli kelishgan o‘ziga to‘q zamonaviy kiyingan yigit. Afsus hamma daliliy ashyolar bilan mahalla uchastka noziri va tegishli organlarga o‘sha o‘g‘rilikning videosini berib yubordik afsus undan buyon ham 2-3 ta o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. O‘g‘ri topilgani yo‘q", deb yozadi Bahodir.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan va o‘zini Akbar deb tanishtirgan 27 yashar toshkentlik yigit o‘tgan juma tahoratxonada iPhone telefonini yo‘qotganini bildirdi.

Tahoratxonada telefon o‘g‘irlatishning nima oqibatlarga olib kelishini tojikistonlik imom hatib yaxshi biladi.

Imomdan o‘g‘irlangan iPhone ichidagi unga oid intim tasvirlar o‘g‘ri tarafidan Internetga yuklanganidan keyin “jabrdiyda” imom mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan edi.

O‘g‘irlangan ayfonda imomning bir ayol bilan jinsiy aloqa qilayotgani aks etgan edi.

Videokamera ham o‘g‘rilarni cho‘chitmadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘g‘irlikning oldini olish maqsadida masjidlarga kameralar o‘rnatilganini rasman bildirgan edi.

Masjidlarga kameralar o‘rnatish tashabbusi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan ilgari surilgani aytilib, viloyatdagi 181 ta masjidda kuzatuv kameralari o‘rnatilgani ta‘kidlangan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ko‘ra, Namangan shahridagi “Mulla Ismoil” masjidida kelib chiqqan yong‘in va viloyatdagi ayrim masjidlarda juma namozlaridan so‘ng o‘g‘irlik holatlari sodir etilgani bois masjidlarga kamera o‘rnatish qaroriga kelingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ko‘ra, mamlakatda 2038dan ortiq masjid faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning ko‘pchiligiga kameralar o‘rnatilgan.

17 fevral kuni o‘g‘irlik sodir bo‘lgan Toshkentdagi Xo‘ja Alambardor masjidi ham kuzatuv kameralari bilan jihozlangan edi.
XS
SM
MD
LG