Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:55

Denis Istomin Dubayda mag‘lubiyatga uchradi


O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Dubayda o‘tayotgan Dubai Duty Free Championships turnirida dunyoning ikkinchi raketkachisi Novak Jokovichni yenga olmadi.

Turnirning amaldagi chempioni 26 yoshli Novak Jokovich dunyoning 54-tennischisi hisoblanadigan Denis Istominni musobaqaning birinchi doirasida 6/3, 6/3 hisobida mag‘lub etdi. Match 1 soat 24 minut davom etgan.

Shunday qilib, Istomin shu kungacha serbiyalik Jokovichga qarshi besh marotaba kortga chiqib, barchasiga mag'lubiyatga uchradi.

24 fevraldan 1 martgacha o'tadigan Dubai Duty Free Championships turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 2,3 million AQSh dollarini tashkil etadi. Turnir g'olibiga 465 ming dollarilik mukofot pulidan tashqari ATP reytingida 500 ochko beriladi.

Asosan Moskvada istiqomat qiluvchi 27 yoshli Denis Istominga uning onasi Klavdiya Istomina murabbiylik qiladi.
XS
SM
MD
LG