Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:18

Rossiya hukumati "SSSRliklar" va ularning farzandlariga pasport bermoqchi


Rossiya hukumatining Qonunchilik faoliyati komissiyasi chet davlatlarda yashovchi rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolarning Rossiya fuqaroligini olishini soddalashtiruvchi qonun loyihasini 4 mart kuni ma‘qulladi. Bu haqda xabar qilgan Rossiya hukumati saytida aytilishicha, “Rus tilida so‘zlashuvchi, deb tan olingan chet davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi yo‘q shaxslarga, o‘zlarining mavjud fuqaroligidan voz kechgan taqdirda ularni Rossiya fuqaroligiga qabul qilish tartibini soddalashtirish” taklif qilinmoqda.

Bu haqda xabar qilgan Rossiya hukumati saytida aytilishicha, “Rus tilida so‘zlashuvchi, deb tan olingan chet davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi yo‘q shaxslarga, o‘zlarining mavjud fuqaroligidan voz kechgan taqdirda ularni Rossiya fuqaroligiga qabul qilish tartibini soddalashtirish” taklif qilinmoqda.

Ya‘ni, masalan, O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lsa, avval O‘zbekiston fuqaroligidan chiqishi lozim.

Qonun loyihasi to‘g‘risida “Perviy” kanalning “Pozner” dasturida Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi birinchi o‘rinbosari Aleksandr Jukov ham xabar qildiki, uning aytishicha, Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish to‘g‘risidagi qonun zarurati Ukrainadagi “og‘ir vaziyatdan” kelib chiqqan.

Newsru.com saytining Jukovning javoblariga tayanib yozishicha, Rossiya fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi ukrainaliklargagina emas, balki sobiq SSSR hududida yashaganlar va ularning SSSR qulagandan keyin tug‘ilgan farzandlariga ham taalluqlidir.

RF Davlat Dumasi raisi birinchi o‘rinbosari Aleksandr Jukovga ko‘ra, “ajdodlari Sovet Ittifoqi hududida yashagan, rus tilida so‘zlashuvchi barchaga” Rossiya fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Jukovning aytishicha, maxsus komissiya Rossiya pasportini so‘ragan shaxsning rus tilini naqadar bilishini tekshirib ko‘radi, uning ota-onalari tarjimai holini o‘rganadi, avval Rossiyada istiqomat qilish huquqini va so‘ngra fuqarolik maqomini beradi.

Shuni ta‘kidlab o‘tmoqchimizki, gap hozircha qonun loyihasi haqida ketayapti.
XS
SM
MD
LG