Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:51

Futbol: Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA termasi bilan bellashadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan bellashadi.

2015 yili Avstraliyada o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichidagi so'nggi tur doirasida o'tadigan ushbu uchrashuv “Bunyodkor” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 17:00 boshlanadi.

Uchrashuv biletlarlari narxi toifasiga qarab 15 ming so‘mdan 30 ming so‘mgachaligi aytilmoqda.

Aytib o'tish joiz, bugungi o'yin natijasidan qat'iy nazar, har ikki terma jamoa 2015 yilgi Osiyo kubogiga boradi.

BAA terma jamoasi ayni damda saralash bosqichining "E" guruhida 15 ochko bilan birinchilikni saqlab turibdi. Ikkinchi o'rindagi O'zbekiston hisobida 10 ochko bor.

4 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turgan Honkong esa saralash boqichining so'nggi turida ochkosiz Vetnam jamoasi ustidan g'alaba qozongan taqdirda ham O'zbekistonga yeta olmaydi.


Foydali statistika

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA jamoasi bilan jami 11 marta bellashgan.

Uchrashuvlar statistikasi hozircha BAA foydasiga: Arabiston yarimorolilik jamoa hisobida 6 ta g'alaba bor.

O'zbekiston esa atigi ikkita uchrashuvda g'alaba qozongan (1999, 2009 yillar). Uchta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.

Terma jamoalar uchrashuvlaridagi eng yirik natija 2001 yili qayt etilgan. O'shanda bosh murabbiy Vladimir Salkov yetakchiligidagi O'zbekiston termasi Jahon chempionati saralash bosqichining 1-turida BAA jamoasiga 4:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.


Bosh murabbiy nima deydi?

4 mart kuni bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Toshkentda o'tadigan uchrashuvda "chiroyli o'yin" namoyish etilishiga umid bildirdi.

- Ertaga bo‘ladigan o‘yin hammamizga ma‘lumki, o‘z vazifasini bajargan jamoalar o‘rtasida bo‘ladi. shunday ekan, ertaga printsipial o‘yin bo‘ladi. Chunki biz birinchi davrada mag‘lubiyatga uchragan edik va endi g‘alaba qozonishga intilishimiz tabiiy. Aslida biz safarda yomon o‘ynamagadik. Bir safar jarima zarbasidan, ikkinchisida esa qarshi hujumdan gol o‘tkazib yuborgan edik. Ertaga bo‘ladigan uchrashuvda chiroyli o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Shuningdek Avstraliyada kechadigan Osiyo Kubogiga mana shu o‘yindan tayyorlanishni boshlaymiz, - dedi bosh murabbiy.
XS
SM
MD
LG