Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:56

AYoQSh egalari namunali uy va Captiva sotib olishga majburlanmoqda


Farg‘ona viloyatidagi benzin quyish shoxobchalarining egalari yangi qurilgan namunali uylardan biri va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Captiva 3 avtomobilini sotib olishga majburlanmoqda.

Bu haqda xabar qilgan Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ Farg‘ona shahri va tumanlaridagi AYoQSh egalariga kamida 100 ming dollarga teng o‘lpon solingan.

AYoQSh sohiblari viloyat soliq idorasiga chaqirtilib, 90 million so‘m turadigan Captiva 3 avtomobili va narhi 200 milliongacha bo‘lgan namunali uy sotib olishga majburlanmoqda.

O‘z ismi aytilishini istamagan Qo‘qondagi benzin quyish shoxobchasi xo‘jayini, Ozodlik bilan suhbatda, tadbirkorlarga o‘lpon solish mexanizmini gapirib berdi.

-Soliq idorasiga chaqirishdi. Ularning qo‘lida mening shirkatimning moliyaviy ahvoliga oid barcha ma‘lumotlar bor edi. Ular menga 200 million turadigan namunali uyni sotib olishni maslahat qilishdi. Men 148 million turadigan eng arzon uy olishga rozi bo‘ldim. Keyin ular menga 90 million turadigan avtomat korobka Captiva 3 mashinasini sotib olasan deyishdi. Men faqat uy olaman mashina kerakmas deb turib oldim. Ular hozircha shunga rozi bo‘lishdi¸ deydi qo‘qonlik tadbirkor Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Farg‘onadagi Ozodlik manbalarining aytishicha, nafaqat AYoQSh egalari balki¸ hisobida puli bo‘lgan barcha boy shirkatlar namunali uy va mashina sotib olishga majburlanmoqda.

Ozodlikka kelayotgan maktublarda “namunali uy qurish” xarajatlari mahalliy tadbirkorlar va oddiy fuqarolar zimmasiga yuk bo‘layotgani haqida ma‘lumotlar bor.

Jizzax viloyatida namunaviy uy-joy qurilishi va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida o‘qituvchilarga o‘lpon solingani haqida Ozodlikda maqola e‘lon qilingan edi.

Maqolada, xususan, qurilish ishlari uchun maktab o‘qituvchi va o‘quvchilaridan, shifoxona xodimlaridan pul talab qilingani haqida aytilgan edi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistonga qishloq joylarida turar-joy binolar qurilishini qo‘llash uchun 200 million dollar miqdorida kredit ajratgan.

Bu mablag‘ asosida O‘zbekistonda 2015 yilgacha viloyatlarda umumiy maydoni 6 million kvadrat metrga teng 41,4 mingta namunali uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda namunali uylar qurilish jarayonida korruptsiya urchigani ham aytiladi.
XS
SM
MD
LG