Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:50

“Zolotaya Korona” va “Kontakt” orqali O‘zbekistonga pul jo‘natish davom etmoqda


Rossiyadagi “Migom” pul o‘tkazish tizimi mahkama tomonidan bankrot deb e‘lon etilishi ortidan¸ O‘zbekiston tijorat banklari 1 apreldan boshlab¸ Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari orasida ommaviylashgan "Zolotaya korona" va “Kontakt” kabi pul o‘tkazish tizimlarining O‘zbekistondagi operatsiyalarini to‘xtatishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi.

Rossiyadagi pul jo‘natmalari bilan shug‘ullanuvchi “Russlavbank”ning “Kontakt” tizimi matbuot vakili Ansatasiya Pozdnikova Ozodlik bilan suhbatda bu gap-so‘zlar asossiz ekani, O‘zbekiston Markaziy banki qo‘ygan talab doirasida pul bu mamlakatga o‘tkazish davom etayotganini aytdi.

- O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari ishlayapti. O‘zbekiston tomoni qo‘ygan barcha shartlarni qabul qilamiz, O‘zbekistonga pul jo‘natish bo‘yicha bizda muammo yo‘q, - dedi “Russlavbank” vakili Pozdnikova.

“Zolotaya karona” vakili Yelena Perevertaylova ham O‘zbekistonga pul o‘tkazish to‘xtamaganini aytdi.

- O‘zbekiston hududida tizimimiz odatdagiday ishlayapti. O‘zbekistonning qaysi shahri yoki viloyatiga pul yubormoqchi bo‘lsangiz O‘zbekistonni qaysi bankidan olishingiz mumkinligini aytamiz, - dedi “Zolotaya Korona” vakili.

Avvalroq, O‘zbekiston Markaziy banki pul o‘tkazish tizimlari ustidan nazoratni kuchaytirishi va pul o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tizimlardan jiddiy kafolat talab qilayotgani haqida xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Markaziy bankining Ozodlikka gapirgan rasmiylaridan biri “o‘zbek mehnat muxojirining peshona teri bilan topgan pulini tovlamachi banklardan himoya qilish” maqsadida qattiq talablar qo‘yilayotganini aytgandi.


"O‘zbekiston qo‘ygan talablar bajariladi"

"Russlavbank" matbuot vakili Yelena Pozdnikova O‘zbekiston Markaziy banki bir qator talablarni qo‘yganini tasdiqladi va bu talablar bajrilishini aytdi.

- O‘zbekiston qo‘ygan talablardan biri, pul o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan operator moliya sohasida xalqaro kredit reytingiga ega bo‘lishi kerak yoki o‘zbek banklaridan biriga jiddiy summada depozit qo‘yishi, boshqa bank kafolatini taqdim etishi kerak. Biz bu talabni bajaramiz, - dedi Pozdnikova.

Ayni paytda “Zolotaya Korona” va “Kontakt” rasmiylari Markaziy bank qo‘ygan talablar yuzasidan O‘zbekistondagi tijoriy banklar bilan muzokaraga kirishgan.

Har ikki pul o‘tkazish tizimi rahbarlari O‘zbekistonga yo‘l olgan.

- Rossiyadagi ko‘pchilik pul o‘tkazish operatorlari xalqaro reytingga ega emas. Shuning uchun ular yo o‘zbek banklariga depozit qo‘yishlari yoki tegishli bank kafolatini o‘zbek tomoniga taqdim etishlari kerak bo‘ladi, - dedi Russlavbank vakili Pozdnikova.

Biroq, O‘zbekistondagi ayrim banklar Rossiyaning pul o‘tkazish tizimlari bilan hamkorlikni to‘xtatgan.

Ayrim banklar “Zolotaya korona” bilan shartnomani to‘xtatgan, “Contact” bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

- Bizda bir haftadan oshgan “Zolotaya korona” ishlamayapti, Kontakt ishlayapti. Boshqa ma‘lumot berolmayman, - dedi Toshkentdagi Invest Finance Bank banki xodimi.

“Ipak yo‘li”, “Turon bank”, “Hamkor” banklari esa “Zolotaya Korona” bilan ham “Kontakt” bilan ham faoliyatini to‘xtatgan.

Ayrim mijozlar Rossiyadan jo‘natilgan pullarni ushbu banklardan olishlomayotganini aytishadi.

- To‘g‘ri, O‘zbekistondagi ayrim banklar bilan hamkorlikni to‘xtatganmiz. Lekin, bu so‘nggi o‘zgarishlar bilan bog‘liq emas, - dedi Pozdnikova.

Yillardan beri Rossiyadan xorijga pul jo‘nataëtganlar ro‘yxatida birinchilikni o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari egallab kelmoqda.

2013 yilning 9 oyi davomida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4 milliard 908 million AQSh dollaridan oshdi. O‘tgan yili bu miqdor 6 milliardga yaqinlagan edi.
XS
SM
MD
LG