Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:01

"Real" va "Chelsi" Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi


Londonning "Chelsi" va Madridning "Real" futbol klublari 8 aprel kuni o'tgan Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvlarida o'z raqiblarini mag'lub etib, Yevropa klublari o'rtasidagi eng nufuzli ushbu bellashuvning yarim finaliga yo'llanma oldilar.

"Chelsi" o'z uyida Fransiyaning "PSJ" klubini qabul qildi. Nimchorak finalining dastlabki uchrashuvi 3:1 hisobida parijliklar foydasiga yakunlangan edi. Yarim finalga chiqish uchun esa londonliklar o'z uyida kamida ikkita gollik farq bilan yutishlari kerak edi. Joze Mourinyo shogirdlari ushbu vazifani to'lig'i bilan uddalay oldilar.

Uchrashuvdagi hisob 32-daqiqada Andre Shyurle tarafidan ochilgan bo'lsa, zahiradan maydonga tushgan Demba Ba o'yin tugashiga uch daqiqa qolganda hisobni 2:0 ga yetkazdi. Parijliklar mezbonlar darvozasini ishg'ol eta olishmadi.

Madridning "Real" klubi 8 aprel kuni Dortmundda "Borussiya" mehmoni bo'ldi. Hujumlarga boy o'tgan o'yin 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Gollarga "Borussiya" yarim himoyachisi Marko Roys mualliflik qildi.

"Real" safardagi mag'lubiyatga qaramay, nimchorak finalining dastlabki uchrashuvida o'z uyida 3:0 hisobida yirik g'alaba qozongani bois, yarim finalga chiqdi.

Bugun, 9 aprel kuni Chempionlar ligasi nimchorak finalining qolgan ikki juftligi kuch sinashadi. Madridning "Atletiko" klubi o'z uyida "Barselona"ni qabul qilsa, joriy mavsumda o'yini qovushmayotgan "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Bavariya" klubi mehmonida bo'ladi.
XS
SM
MD
LG