Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:23

“Iyegova guvohlari” a‘zosining mayiti musulmonlar qabristoniga qabul qilinmadi


Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Tuyabo‘g‘iz shaharchasida yashovchi 68 yashar chol olti yil avval islom dinidan chiqib, “Iyegova guvohlari” sektasiga a‘zo bo‘lgani bois uning mayitini musulmonlar ham, nasroniylar ham o‘z qabristonida dafn qilishga ruxsat bermadi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, 9 aprel kuni vafot etgan cholning murdasini oradan ikki kun o‘tib, u yashagan mahalladan ancha uzoqda joylashgan boshqa bir nasroniylar qabristoniga ko‘mishga arang muvaffaq bo‘lishgan.

Tuyabo‘g‘iz shaharchasining Adolat mahallasi fuqarosi bo‘lgan va "Iyegovo shohidlari" sektasiga a‘zo bo‘lgan 68 yashar qariya (Ma‘lum sabablarga ko‘ra, marhumning ismi ochiqlanmadi - Tahr.) 9 aprel kuni vafot etgach, uning farzandlari otasining mayitini musulmonlar qabristoniga dafn qilishga harakat qilishgan.

Voqeadan xabardor Ozodlik manbasiga ko‘ra, cholning mayiti Tuyabo‘g‘iz shaharchasidagi na musulmonlar, na nasroniylar qabristoniga qabul qilingan:

“Chol o‘lgach, uning farzandlari otasining mayitini musulmonlar qabristoniga dafn qilamiz deyishdi. Lekin mahalla imomi bunga ruxsat bermadi. Uyi yaqinida joylashgan nasroniylarning qabristoni ham mayitni qabul qilmadi. Ikki kun yugurib, Tashmore yaqinidagi boshqa bir nasroniylarning qabristoniga qo‘yishgan. Lekin hozir baribir cholning o‘g‘illari otasining mayitini ochib, musulmonlar qabristoniga joylashtirish harakatida yana yugurib yurishibdi”,- dedi voqeadan xabardor Ozodlik manbasi.

O‘rtachirchiq tuman hokimligining ismini ochiqlamayotganimiz mulozimiga ko‘ra, so‘nggi yillarda qariya insult bo‘lib, to‘shakka mixlanib yotgan va mahalla imomlari uni o‘lmasidan avval mayitining musulmonlar qabristoniga qabul qilinmasligi borasida ogohlantirishgan:

“Masjid domlasi bir necha bor uni ogohlantirgan. U o‘lmasidan avval mahalla imomlari uyiga borishdi. Do‘zaxga tushasan qayt bu yo‘lingdan, deyishgan. Keyin agar kalima keltirib “Alhamdulloh”ni aytsang, sening mayitingni o‘zimizning qabristonga qo‘yamiz. Bo‘lmasa qo‘yilmaydi, deyishgan. Baribir u qaytmadi. Lekin u o‘lgach, o‘g‘illari uni musulmonlar qabristoniga ko‘mishni so‘rab imom olidiga borishgan. Imom ruxsat bermagach, uni urmoqchi ham bo‘lishgan. Keyin o‘g‘illari hokimiyatga kelishdi. Lekin bu ishga hokimlik aralasha olmasligini aytdik”,- dedi hokimlik mulozimi.


"Janozaga borishga SNBdan qo‘rqishdi"

Tuyabo‘g‘izdagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, chol o‘lgach, uning janozasiga mahalladan juda oz odam kelgan:

“Janozaga mahalladan hech kim kelmagan. Qo‘shnilari ham chiqmagan. Ko‘pchilik borsak, SNBning ro‘yxatiga tushamiz, deb qo‘rqqan. Chunki “Iyegova guvohlari”ning hammasi SNB ro‘yxatida. Eshitishimizcha, ba‘zi qarindoshlari ham ular bilan bordi-keldini yig‘ishtirib qo‘ygan”,- dedi manbamiz.

O‘rtachirchiq tuman hokimligidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, marhumning oila a‘zolari ham “Iyegova guvohlari” sektasiga a‘zo bo‘lgan:

“Cholning oilasi, keyin ularning yon qo‘shnisi ham oilaviy ravishda shu sektaga a‘zo bo‘lishgan. Shu hududda taxminan 150 odam ushbu sekta a‘zosi hisoblanadi. Ularning boshqa dinga o‘tishiga qonunimizda qarshilik yo‘q. Lekin ular orasida missionerlik bilan shug‘ullanadiganlari ko‘p. O‘tgan yili 5-6 kishi shu sektaga boshqalarni da‘vat qilgani uchun 5 million so‘mdan jarimaga ham tortilgan”,- dedi O‘rtachirchiq tuman hokimligining ismini ochiqlamayotganimiz mulozimi.


"G‘ayridinlarni musulmonlar qabristoniga qo‘yish mumkin emas"

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansurning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, Tuyabo‘g‘izdagi chol bilan bog‘liq voqeada mahalliy imomlar shariat qonunlari doirasida harakat qilishgan:

- Fiqhiy-sha‘riy kitoblarimizda, agar g‘ayridin - islom dinidan boshqa din vakillari vafot etgan bo‘lsa, uning murdasini musulmonlar qabristoniga qo‘yilmasin, mabodo bilmasdan qo‘yilgan bo‘lsa ham keyin ko‘chirib qo‘yilsin, deb yozilgan. Barcha 4 mazhab fiqhiy kitoblarimizda ham bor bu masala. Endi keyingi paytda ota-bobosi musulmon-mo‘min bo‘lib, missionerlarning da‘vati bilan ularning dini qabul qilayotganlar bor. O‘zi xristian dinini qabul qilgan bo‘lsa ham vafot etsa, uning qarindoshlari uni baribir musulmonlar qabristoniga olib borishayapti. Lekin bunga ruxsat berilmaydi,- dedi shayx Abdulaziz Mansur.

Shayx bilan suhbatni to‘liq ravishda quyida tinglashingiz mumkin:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:55 0:00
Бевосита линк



"Muammoni hukumat hal qilishi lozim"

Din erkinligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi Norvegiyadagi Forum- 18 tashkiloti vakili Feliks Korlining Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston hukumati Tuyabo‘g‘izdagi "Iyegova guvohlari" a‘zosi bilan sodir bo‘lgan voqeaning takrorlanishining oldini olishi lozim:

- Agar oqsoqollar yoki musulmonlar o‘zga din vakillarini musulmonlar qabristoniga qabul qilmasa, mahalliy hukumat buning yechimini topishi lozim. Chunki nasroniylar ham “Iyegova guvohlari”ni nasroniy hisoblamaydi. Ularning doktorinasini o‘zgacha hisoblashadi. Shuning uchun ular ham “Iyegova guvohlari”ni o‘z qabristoniga qabul qilishmaydi. Bunday vaziyatda albatta hukumat biror yo‘lini topishi lozim. Ular uchun mavjud qabristonlardan joy ajratishi yoki ularga alohida joy ajratib berishi lozim,- dedi Feliks Korli.
XS
SM
MD
LG