Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:00

"VKontakte" asoschisi Pavel Durov Rossiyani tark etdi


MDH mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda ham Internet foydalanuvchilar orasida ommalashgan "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durov Rossiyani tark etgani va hozircha mamlakatga qaytish rejasi yo‘qligini ma‘lum qildi.

– Afsuski hozir Rossiyada Internet biznesi qilish imkonsiz, - deb bayonot berdi Durov TechCrunch nashriga.

Dushanba kuni Durov Internetdagi sahifasida "VKontakte" rahbari lavozimidan bo‘shatilgani haqda ma‘lum qilgan edi.

17 aprel kuni Pavel Durov Rossiya xavfsizlik idoralari ijtimoiy tarmoq rahbariyatidan Kiyev maydonidagi namoyish tashkilotchilari haqida ma‘lumot so‘ragani va u bunga rad javobi bergani haqda ma‘lum qilgandi.

2006 yilda ishga tushirilgan "VKontakte" ijtimoiy tarmog'ida ayni damda 250 million foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan. 2013 yilning dekabr oyida tarmoqning bir kunlik foydalanuvchilari soni 56 million kishiga yetgani aytilgandi.

"VKontakte" aksiyalarining nazorat paketi (52%) Rossiyadagi eng boy tadbirkor Alisher Usmonov egalik qiladigan Mail.Ru Group shirkatiga tegishli.
XS
SM
MD
LG