Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:52

To‘rt yoshli Ozodaxon kommunikatsiya qudug‘iga tushib o‘ldi


O‘sh shahri yaqinidagi Toshloq qishlog‘i ko‘chalaridan birida o‘ynab yurgan 4 yoshli Ozodaxon qopqog‘i o‘g‘irlab ketilgani uchun ochiq qolgan kommunikatsiya qudug‘iga tushib ketib, quduq ichidagi suvda cho‘kib o‘lgan. Biroq bu o‘lim uchun hech kim javobgarlikka tortilmay qolishi mumkin.

Onasi bozorga ketgan to‘rt yoshli Ozodaxon 9 yoshli akasi bilan ko‘chaga o‘ynagani chiqib yo‘qolib qolgan. Uni qo‘ni-qo‘shnilar va qarindosh urug‘lar uzoq qidirishgan. Keyin uning jasadini qopqog‘i yo‘q kommunikatsiya qudug‘idan topishgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining aytishicha, qizning jonsiz tanasi 4 soat mobaynida quqduq ichidagi suvda qolib ketgan.

- Biz avval quduqqa birov qo‘g‘irchog‘ini tashlab ketibdi, deb o‘ylabmiz. Keyin qarasak, o‘sha qiz yotibdi. Tezda tez yordam va militsiya chaqirdik. Qiznining jasadini ekspertizaga olib ketishdi, -dedi Ozodaxonni qidirgan qo‘shnilardan biri.

O‘sha kuni Ozodaxonni onasi tog‘asi G‘anijon Abdullayev qaroviga qoldirib, bozorga ketgan ekan. Biroq tog‘asi beparvo qolib, mana shunday fojea yuz bergan. Qizaloq o‘lgandan so‘ng G‘anijon Abdullayev ko‘chadagi quduq og‘zini o‘z kuchi bilan yopib qo‘ygan.

- Bitta qudquqni eplab yopib qo‘ydim. Lekin ko‘chamizdagi qolgan barcha qudqularning qopqog‘i yo‘q, og‘zi ochiq. Ularning hammasini yopa olmaymanku, - dedi G‘anijon Abdullayev.

Qishloq faollari ham Ozodaxonning o‘limidan so‘ng qishloq ko‘chalaridagi kommunikatsiya quduqlarini yopish harakatiga tushib qoldilar. Biroq bu yasama qopqoqlar boshqa bolalarni bunday falokatlardan naqadar saqlab qolishi noma‘lum.

- Quduq qopqoqlari metaldan bo‘lgani uchun ularni o‘g‘irlab ketishayapti. Mahallamizdagi qudquqlarga o‘z yonimdan pul sarflab uch marta bozordan qopqoq olib keldim. Biroq ularni ham o‘g‘irlab ketishdi. Hozir qudqularning og‘zini taxta bilan yopib, tuproq tortib qo‘ydik, ba‘zi joylarni esa betonlab tashladik, - dedi Toshloq qishlog‘i mingboshisi Ergashboy Jo‘rayev.

To‘rt yoshli qizaloqning fojeaviy o‘limi shaharning tegishli idoralari va mahalliy qishloq hukumati o‘z ishiga mas‘uliyatsiz yondoshgani sababli sodir etilgan bo‘lsa-da, marhumning qarindoshlari mazkur voqeada hech kimni ayblamoqchi emas.

O‘sh shahar Ichki ishlar bo‘limi mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi ochgan edi. Biroq Ozodaxonning yaqinlari ariza yozishdan bosh tortgach, jinoyat ishi yopilgan.

O‘shlik huquq faoli Zalina Abdulhaqova hukumat bolalar huquqlarini ta‘minlash uchun bu voqea yuzasidan asosiy da‘vogar bo‘lishi kerak edi, deb hisoblaydi:

-Bolalar huquqini himoya qilish hukumatning zimmasidagi mas‘uliyat. Qarovsiz qolgan quduqqa tushib o‘lgan qizning ishi yuzasidan mahalliy hukumat va tegishli tashkilot mas‘ullariga nisbatan jinoyat ishlari ochilishi shart, -dedi huquq faoli.

Bu kabi voqea O‘sh shahrida birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. 2012 yilda O‘sh shahridagi Navoiy istirohat bog‘ida ham qopqog‘i bo‘lmagan kommunikatsiya qudug‘iga tushib ketib, bir norasida halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG