Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:28

O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi oilada to‘rt farzand bo‘lishini xohlaydi


Toshkentdagi “Ijtimoiy fikr” tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘nggi so‘rovga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi oilada to‘rt va undan ko‘p farzand bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.

“Oilada qancha farzand bo‘lgani yaxshi?”, degan savolga respondentlarning ko‘pchiligi “to‘rt nafar”, deb javob qilgan.

Ko‘p farzandlilik tarafdorlari asosan keksa yoshdagilar. Yoshlar oilada ikki farzand bo‘lishini xohlashini aytishgan.

Jumladan, 21 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lganlarning ko‘pchiligi ikki farzandi bo‘lishini xohlashini ma‘lum qilgan.

30 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lganlar oilada to‘rt nafar farzand bo‘lishi kerak deb hisoblaydi.

40 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayol va erkaklar orasida bu fikrga qo‘shiluvchilar soni yanada ko‘proq.

O‘zbekiston hukumati so‘nggi yillarda tug‘ilishni kamaytirish uchun ayollarni majburiy ravishda sterilizatsiya qilish dasturini ishlab chiqqani haqida xabar qilingandi.

Aziz mushtariy, sizningcha-chi? Oilada qancha farzand bo'lgani yaxshi?
XS
SM
MD
LG