Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:25

Toshkentda yana bitta Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi


5 may kuni yong‘in chiqqan Mercedes-Benz avtobusining Facebook tarmog‘iga joylangan surati.
5 may kuni yong‘in chiqqan Mercedes-Benz avtobusining Facebook tarmog‘iga joylangan surati.

Toshkent shahrida "Qo‘yliq" va "Boshliq" mavzelari oralig‘idagi 12-yo‘nalishda qatnaydigan Mercedes-Benz avtobusida yana yong‘in chiqdi. Toshkentdan olingan xabarlarga ko‘ra, ertalab ro‘y bergan yong‘in paytida yo‘lovchilarning hammasi sog‘-omon evakuatsiya qilingan, ammo avtobusning o‘zi yaroqsiz holga kelgan.


Mercedes-Benz rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusdagi yong‘in 5 may kuni ertalab - shaharliklar ishga shoshilayotgan paytda sodir bo‘ldi.

Podrobno.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, avvaliga avtobus tutay boshlagan va darhol yo‘lovchilar tushirilgan. Voqea joyiga Yong‘in xavfsizligi va boshqa tegishli xizmatlar xodimlari yetib borgan.

"Toshshaharyo‘lovchitrans" davlat uyushmasining Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusi yonib ketganini inkor qilmagan xodimi 12-yo‘nalishda qatnagan avtobus "Birinchi avtosaroy"ga qarashli ekanini aytdi. Ammo, avtosaroy rasmiylaridan bu borada ma‘lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarga xabar qo‘yayotgan guvohlarning yozishicha, hodisa ertalab soat 8:10 da sodir bo‘lgan: "Taxminan 8:10da tunneldan avtobus chiqdiyu, darhol hamma to‘xtadi, o‘t o‘chiruvchilar shlanglarini yo‘ldan sudrab o‘tishdi, sarosima, mashinalar ko‘p, avtobusning dvigateli tutadi, lekin o‘t o‘chiruvchilar qo‘rqmas va chaqqon yigitlar ekan, juda tez reaktsiya qilishdi", deb yozdi Facebook tarmog‘ida sharh qoldirgan mushtariylardan biri.

Poytaxtdagi 8-avtosaroyning o‘zini tanishtirmagan xodimi keyingi paytlarda shaharda shu rusumdagi avtobuslarda tez-tez yong‘in sodir bo‘layotganini ta‘kidladi.

"Har xil vaziyatda yong‘in bo‘lishi mumkin. Texnik nosozlik bo‘lishi mumkin, kuyin solyarka oqishi mumkin. Texniklar xato qilishi mumkin. Lekin, odam ko‘p olganidan bo‘ladi, deb o‘ylamayman men", dedi avtosaroy xodimi.

Uning aytishicha, Germaniyadan keltirilgan Mercedes-Benz Sonecto Low Floor rusumidagi avtobuslarda nosozlik chiqishi hollari keyingi paytlarda ko‘paymoqda.

Bu poytaxtda ayni rusumdagi avtobuslar yonishiga oid Ozodlikka ma‘lum bir necha holatning so‘nggisidir.
Тошкентда автобус ëниб кетди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:55 0:00


2013 yilning 23 avgust kuni Toshkentdagi Parkent bozori yaqinida Mercedes-Benz Conecto Low Floor yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqqan va bunga elektr tizimidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aytilgan edi. Toshkentning Parkent bozori yaqinida 70-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusdagi yong‘indan hech kimga jabr yetmagan.

2013 yilning 16 iyunida ham Toshkentda "3-Avtobus Saroyi"ga qarashli Mercedes-Benz rusumidagi avtobus yonib ketgan edi. WhatsApp orqali Ozodlikka yonayotgan avtobus aks etgan video ham yo‘llangan edi. Unda ham yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

Bunga qadar 2013 yilning 14 martida ham Toshkent shahridagi "7-Avtokorxona"ga qarashli ekani aytilgan ayni rusumdagi avtobus yonib ketgan. Unda ham hech kimga zarar yetmagan va yong‘in sabablari qorong‘uligicha qolgan.

Ozodlik ana shu ikki avtobusdagi yo‘lovchilar xavfsizligiga mas‘ul bo‘lgan avtosaroylar rahbariyatlariga 5 may kuni yana bir bor murojaat qildi, ammo har ikki idora ma‘muriyati savollarimizni ochiq qoldirdi.

"Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik kompaniyasiga bu avtobuslarni sotgan Germaniyadagi EvoBus GmbH kompaniyasining Shtuttgart shahridagi qarorgohidan ham hozircha javob olishning imkoni bo‘lmadi. Kompaniya vakillari vaziyatni o‘rganish uchun fursat so‘radi.

Hozir Toshkentda ushbu shirkatdan sotib olingan Mercedes-Benz Sonecto Low Floor rusumidagi 530ta avtobus poytaxtliklarni tashimoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 3 mayda qabul qilingan "Toshkent shahar yo‘lovchi tashish avtobuslari parkini yanada yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan EvoBus GmbH kompaniyasidan 14 million yevroga jami 100 ta avtobus sotib olish haqida shartnoma imzolangan.

2008 yildan O‘zbekistonga keltirila boshlagan deyarli yangi avtobuslarda nega yong‘in chiqish hollari ko‘payyotgani va bu borada o‘tkazilayotgan tekshiruvlar qanday natija berayotgani haqida Ozodlikda rasmiy ma‘lumotlar yo‘q.

Ammo, ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisalar hanuz qizg‘in bahs bo‘lmoqda va foydalanuvchilar aynan yong‘in sabablari xususida bahs qilmoqdalar.

Quyida bu bahslarda tilga olinayotgan bir necha omillar keltiriladi:

- Birinchidan, naqd pul tushumi bo‘yicha kundalik rejani bajarishga majbur etilayotgan Avtobus saroylari mutasaddilari texnik nazoratga e‘tiborsizlik bilan qaramoqdalar va odatan, yong‘inga aynan vaqtida aniqlanmagan nosozliklar sabab bo‘lmoqda.

- Ikkinchidan, shaharda avtomobil yo‘llari o‘ta abgor holga kelgani bois avtobuslar kutilgan muddatidan oldin ishdan chiqmoqda.

- Uchinchidan, hozir aksar avtosaroylarda avtobus motorini sovutish uchun maxsus suyuqlik — antifriz o‘rniga suv ishlatilmoqda. Mercedes-Benz rusumidagi avtobuslar motorini esa suv bilan sovutish mutlaqo mumkin emas.

- To‘rtinchidan, aslida 22+1 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan avtobuslarda, odatan, 50-60 nafar, aholi qatnovi tig‘iz vaqtlarda esa undanam ko‘p odam tashilishi bois yoz kunlarida transport motori yanada qizib ketmoqda.

Bular ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar tomonidan Mercedes-Benz avtobuslarida yuzaga kelayotgan yong‘in sabablari xususida o‘rtaga tashlanayotgan taxminlardan ba‘zilaridir.
XS
SM
MD
LG