Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:56

Futzal: O‘zbekiston yarim finalda Eronga 10:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi (VIDEO)


Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Vetnamda o‘tayotgan Osiyo chempionati yarim finalida Eron termasiga 10:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kuchli raqibga qarshi asosan himoya taktikasini qo‘llagan o‘zbekistonlik futzalchilar o‘yin davomida raqib darvozsini bir marta ham ishg‘ol eta olmadilar.

O‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbat qilgan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Eron futzalchilari Osiyodagi eng kuchli jamoa ekani va yirik mag‘lubiyatdan fojea yasash kerak emasligini ta‘kidlab o‘tdi.

Yarim final ikkinchi juftligida yaponiyalik futzalchilar quvaytlik raqiblarini 6:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘llanma oldilar. Eron va Yaponiya ishtirokidagi final uchrashuvi 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Quvayt jamoalari ham uchinchi o‘rin uchun 10 may kuni o‘zaro bellashadilar. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Futzal bo‘yicha Eron terma jamoasi 1999 yildan beri o‘tkazib kelinadigan Osiyo chempionatida jami 10 marta g‘alaba qozongan. O‘zbekiston futzalchilari esa qit‘a birinchiligida uch marta ikkinchi o‘rin, ikki marta uchinchi o‘rinni egallaganlar.
XS
SM
MD
LG