Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:11

Alisher Usmonov Britaniyadagi eng boy shaxs nomidan mosuvo bo‘ldi


Rossiyalik milliarder, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov Britaniyadagi eng boy shaxs nomidan mosuvo bo‘ldi.

“Metalloinvest” metall-ma‘dan shirkati sohibi, Angliyaning "Arsenal" futbol klubi aksiyalarining 30 foiziga ega bo‘lgan Alisher Usmonov 2013 yilda Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi eng boy shaxslar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan va uning mulklari 20,3 milliard AQSh dollariga teng, deb baholangan edi.

11 may kuni The Sunday Times nashri e‘lon qilgan 2014 yilgi Britaniyadagi eng boy shaxslar reytingida Usmonov ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bu yilgi reytingda birinchi o‘rinni Londonda yashaydigan aka-uka Sri va Gopi Hindudjalar egallagan.

Forbes nashri ularga tegishli mulklarni 20 milliard dollar, deb baholagan.

2014 yil aprel oyida Forbes jurnali rossiyalik milliarder, Alisher Usmonovni uchinchi bor Rossiyaning eng badavlat tadbirkori deb topdi.

Forbes 60 yashar Alisher Usmonovning mulklarini 18,6 milliard dollar deb baholadi.

Usmonov dastlabki mulkini asosan metall savdosidan topgani aytiladi. Ishbilarmonning keyingi milliardlari esa telekommunikatsiya, media va texnologiyalar sohasidan kelmoqda.

2009 yilda Usmonovga tegishli bo‘lgan DST jamg‘armasi Facebook aktsiyalari oldi-sottisi ortidan qariyb 1,5 milliard dollar foyda ko‘rgan.

Ayni paytda Alisher Usmonov Internetdagi Mail.ru portali, “vKontakte” ijtimoiy tarmog‘i, "Kommersant" nashriyot uyi, Megafon uyali aloqa shirkatlari aksiyalariga hamda Londonning "Arsenal" futbol klubida o‘z ulushiga ega.

O‘tgan oyda tadbirkor AQShdagi ikki moliyaviy gigant - Apple va Facebook shirkatlaridagi aksiyalarini sotgani va ayni damda Xitoydagi yirik internet-savdo shirkatlari - Alibaba, JD.com va shu kabi yirik shirkatlariga pul tikayotgani xabar qilingan edi.

1953 yilda Namangan viloyatining Chust shahrida prokuror oilasida tug‘ilgan Alisher Usmonov 1976 yilda Moskvadagi Xalqaro munosabatlar davlat institutini tamomlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 6 iyulida Alisher Usmonovni “davlat oldidagi katta xizmatlari, jamoat va xayriya ishlaridagi faolligi uchun” ordeni bilan taqdirlagan.
XS
SM
MD
LG