Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:58

Andijon voqealariga 9 yil to‘ldi


Ko‘plab kishining yostig‘ini quritgan Andijon voqealariga bugun 9 yil to‘ldi.

2005 yil 13 may kuni Andijonning Bobur maydonida sodir bo‘lgan qonli voqealarda, rasmiy Toshkent ma‘lumotlariga ko‘ra, 187 kishi halok bo‘lgan.

Mustaqil manbalar esa fojea qurbonlari soni bundan bir necha o‘n barobar ko‘p bo‘lganini ta‘kidlaydilar.

Bobur maydonidagi qonli fojeadan keyin xalqaro jamoatchilik o‘zbek rasmiylaridan Andijon voqealari bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan, biroq bu talab rasmiy Toshkent tomonidan rad etilgan.

Andijon qatliomi qurbonlari O‘zbekistonda rasman yodga olinmaydi. Mazkur qonli voqealarning 9 yilligi arafasida Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston xalq harakati va O‘zbeklar birligi tashkilotlari tomonidan anjuman o‘tkazildi. 300 dan ziyod kishi qatnashgan mazkur anjumanda Andijon voqealari uchun mas‘ul amaldagi rejimni javobgarlikka tortish masalasi muhokama qilindi.
XS
SM
MD
LG