Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:07

"Bavariya" yana bir bor eng qimmat futbol brendi deb topildi


"Bavariya" yarim himoyachisi Aryen Robben "Olimpik" (Lion) yarim himoyachisi Jeremi Tulalan bilan to'p uchun kurashmoqda. 21 aprel 2010 yil.
"Bavariya" yarim himoyachisi Aryen Robben "Olimpik" (Lion) yarim himoyachisi Jeremi Tulalan bilan to'p uchun kurashmoqda. 21 aprel 2010 yil.
Brand Finance shirkati 2014 yilning eng qimmat futbol brendlari ro‘yxatini e‘lon qildi.

Shirkat hisob-kitobiga ko‘ra, Myunxenning "Bavariya" futbol klubi yana bir bor dunyodagi eng qimmat futbol brendi deb topilgan. Xosep Gvardiola yetakchiligidagi klub brendi 896 million dollarga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni 768 millionga baholangan "Real", uchinchi o‘rinni esa 739 millionga baholangan "Manchester Yunayted" egalladi.

Birinchi o‘ntalikdan "Barselona", "Manchester Siti", "Arsenal" kabi boshqa taniqli klublar ham o‘rin oldi.

Mazkur reyting futbol klublarining barcha ko‘rsatkichlarini (g‘alabalar, o‘yinchilar narxi, ayni damdagi va kelajakdagi potentsiali, daromadi va boshqalar) sinchiklab tahlil qilish asosida tuziladi.

2014 yildagi eng qimmat futbol brendlari o‘ntaligi:
Klublar2014 yilgi narx
$ million
2013 yilgi narx
$ million
1"Bavariya"896860
2"Real"768621
3"Manchester Yunayted"739837
4"Barselona"622572
5"Manchester Siti"510332
6"Arsenal"505410
7"Chelsi"502418
8"Liverpul"469361
9"Borussiya" Dortmund327260
10"PSJ"32485
XS
SM
MD
LG