Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:37

Ukrainada Rossiyadan qurol olib kelayotgan avtokolonna ushlandi


Ukrainaning Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Lugansk viloyatida 26 mayga o‘tar kechasi qurol yuklangan avtomobillar kolonnasi qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina Chegara xizmati ma‘lum qildi.

Chegarachilarga ko‘ra, yuk, yengil avtomashina va mikroavtobuslardan iborat bo‘lgan kolonna Rossiyadan kelayotgan bo‘lgan. Ukrain chegarachilari va avtokalonnadagi qurollangan shaxslar bilan otishmada bir jangari o‘ldirilgani va yana biri yaralangani aytilmoqda.

Chegarachilar qo‘lga olgan avtomashinalarda Kalashnikov avtomatlari va portlovchi moslamalar topilgan. Mazkur voqea yuzasidan Rossiyaning Kiyevdagi elchisi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan va unga norozilik notasi topshirilgan.

Ayni paytda Donetsk shahrida rossiyaparast ayirmachilarga qarshi harbiy amaliyotlar davom etmoqda.

Donetsk meri Aleksandr Lukьyanchenko 26 may kuni Ukrain harbiylari va ayirmachilar o‘rtasidagi janglarda 40 odam o‘lganini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG