Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:24

Futbol: O‘zbekiston ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida ham Ummonga mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi o‘tkazgan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida ham kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

29 may kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tgan uchrashuv 0:1 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi. O‘yindagi yagona gol birinchi bo‘liming 30-daqiqasida Eyd Al-Farsiy tarafidan kiritildi.

Al-Farsiyning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi oldida o‘zbekistonlik darvozabon Ignatiy Nesterov ojiz qoldi.

Mehmonlar golidan so‘ng murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlarida hisobni tenglashtirish uchun bir nechta qulay vaziyatlar bo‘ldi. Biroq o‘zbekistonlik futbolchilar bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmadilar.

Eslatamiz, 27 may kuni Olmaliqda o‘tgan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi ham 0:1 hisobida ummonlik futbolchilar g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Ummonga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi tanaffusida futbolchilar Ulug‘bek Baqoyev, Maksim Shatskix va Viktor Karpenkolarning O‘zbekiston terma jamoasi bilan xayrlashish marosimi o‘tkazildi.

O'zbekiston - Ummon 0:1 (29 may 2014 yil)
XS
SM
MD
LG