Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:00

O‘zbek sahnasida "Manasning o‘g‘li Semetey"


O‘shdagi Bobur nomidagi O‘zbek Akademik teatri jamoasi.
O‘shdagi Bobur nomidagi O‘zbek Akademik teatri jamoasi.
O‘shdagi Bobur nomidagi O‘zbek Davlat Akademik teatri sahnasida Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Jalil Sodiqovning “Manasning o‘g‘li Semetey” asari o‘zbek tilida sahnalashtirildi. Qirg‘iz adabiyotining klassikasiga aylangan mazkur drama Bobur teatrida 1985, 1995 yillarda ham sahnaga olib chiqilgan edi.

Teatr rejissyori Nabijon Sabrning aytishicha, “Manasning o‘g‘li Semetey” dramasi o‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligini mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan yana bir qadamdir. Chunki ikki xalq bir birining madaniyatidan qanchalik yaqin xabardor bo‘lsa, ularning do‘stligi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi.

Spektaklda Semetey rolini Azizbek Arapov, Kanikey obrazini Odina Abbosova, Bakay rolini Qirg‘iziston xalq artisti Shavkat Dadajanov ijro etgan. Bundan tashqari spektaklda Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mahmudjon Raxmatov, Rejabboy Tojiboyev, Jamila Bo‘tabayevalar ham ishtirok etgan.

Jalil Sodiqov qalamiga mansub asarni Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi Abdug‘ani Abdug‘afurov o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
“Семетей” яна ўзбек саҳнасида
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:33 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG