Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:58

Futbol: 2022 yilgi jahon birinchiligi mezboni o‘zgarishi mumkin


Qatar vakillari mezbuonlik huquqi uchun FIFA mulozimlariga pora bergani iddao qilinmoqda.
Qatar vakillari mezbuonlik huquqi uchun FIFA mulozimlariga pora bergani iddao qilinmoqda.
Futbol federatsiyalari xalqaro uyushmasi – FIFA Vitse prezidenti Jim Boys 2022 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik huquqi Qatarga berilishida korruptsiya aralashganiga doir xabarlar tasdiqlanadigan taqdirda, yangitdan saylov o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

FIFA rasmiysi bu haqda 1 iyun kuni Bi-Bi-Siga gapirdi. Undan avval Britaniyada chiqadigan “Sunday Times” gazetasi chop qilgan maqolada FIFA vakillari Qatarning mezbonlik huquqini qo‘llab-quvvatlash evaziga jami 5 million AQSh dollari miqdorida pora olgani iddao qilindi.

FIFAning etik masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Maykl Garsia 2010 yil dekabrida qabul qilingan qarorga doir iddaolar yuzasidan tekshiruv boshladi. U tekshiruv hisoboti joriy yilda taqdim qilinishini bildirdi.

Iddaolarga ko‘ra, Qatarning FIFAdagi sobiq vakili, Osiyo Futbol konfederatsiyasinig sobiq raisi Muhammad bin Hammam 2022 yilgi chempionat mezbonligini qo‘lga kiritish uchun FIFA rasmiylariga pora bergan. 2022 yilgi jahon chempionatining qatarlik tashkilotchilari bu iddaolarni inkor qilmoqda.
XS
SM
MD
LG