Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:10

Malayziyada o‘zbekistonlik o‘limga hukm etilishi mumkin


Malayziya ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ellik yoshli erkak mamlakatga giyohvand moddalarni noqonuniy olib kirayotganida qo‘lga olingan.

Juma kuni Toshkentdan uchib kelgan o‘zbekistonlikning bagaji Kuala Lumpur aeroportida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida to‘qqizta kofe paketi ichidan metamfetamin moddasi borligi aniqlangan.

O'zbekistonlik bagajidan topilgan giyohvand moddaning umumiy qiymati tahminan 845 ming AQSh dollariga teng ekani aytilmoqda.

Ismi aytilmayotgan O‘zbekiston fuqarosi shu yerni o‘zida hibsga olindi.

Malayziya qonunchiligida noqonuniy narkotik traffigi uchun o‘lim jazosi ko‘zda tutiladi.
XS
SM
MD
LG