Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:30

Bokschi Ruslan Chagayevning Grozniydagi jangi kechiktirildi


O‘zbekistonlik taniqli bokschi Ruslan Chagayev bugun Grozniy shahrida puerto-rikolik bokschi Fres Okendoga qarshi ringga tushishi kerak edi.

Musoboqa tashkilotchilariga ko‘ra, jang bir oyga kechiktirilgan. Ruslan Chagayev va Fres Okendo o‘rtasidagi boks jangi 6 iyulda Checheniston poytaxti Grozniy shahridagi “Ahmad Arena” sport majmuida bo‘ladi.

O‘zbekistonning Andijon shahrida tug‘ilgan Chagayev o‘tgan yildan buyon boks janglarida Chechenistondagi Ahmat Hoji Qodirov nomli boks klubini namoyon etib kelmoqda.

Ruslan Chagayev jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritsa ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi ringgi tushish rejasi borligini aytgan.
XS
SM
MD
LG