Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:38

YeXHT Dushanbe hukumatini YouTube portalini ochishga chaqirdi


Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Matbuot erkinligi uchun maxsus namoyandasi Dunya Miyatovich Dushanbe hukumatini YouTube portaliga qo‘yilgan to‘siqni bekor qilishga chaqirdi.

11 iyun kuni e‘lon qilingan bayonotida Miyatovich Tojikiston rahbariyatini o‘z fuqarolarining Internetdan to‘siqsiz foydalanish haqqini hurmatlashga chaqirdi va YouTube portalining to‘silishiga rasmiy izoh berilishni so‘radi.

9 iyundan boshlab tojikistonliklar orasida ham mashhur bo‘lgan video yuklash va o‘rtoqlashish portali ochilmay qoldi. Tojikiston Aloqa agentligi rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda o‘z tashkilotining YouTube to‘silishiga aloqasi yo‘qligini iddao qildi.

Hozircha portalning nima sababdan to‘silgani noma‘lumligicha qolmoqda.

O‘tgan yillar davomida Tojikiston rasmiylari qator axborot saytlari va YouTube, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarni to‘sib qo‘yish amaliyotini bir necha bor qo‘llagan.

Xususan¸ tojik tilidagi Ozodi sahifasi to‘silganida hukumat rasmiylari buning texnik muammolar sabab yuzaga chiqqanini iddao qilgan edi.
XS
SM
MD
LG