Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:15

O‘zbekistonlik ro‘zadordan talab: Iftorni oilada qiling, Tarovehni Jomeda o‘qing!


Masjidlarda iftorlik qilish O‘zbekistondan boshqa deyarli barcha musulmon mamlakatlarida bor. Bu suratda Qorasuvdagi As-Saraxsiy masjidi aks etgan.
Masjidlarda iftorlik qilish O‘zbekistondan boshqa deyarli barcha musulmon mamlakatlarida bor. Bu suratda Qorasuvdagi As-Saraxsiy masjidi aks etgan.
Musulmonlar iyun oxirida boshlanishi kutilayotgan bu yilgi Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hilol ko‘rinishiga qarab, bu muborak oy iyunning 27 yoki 28 kunlari boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiysiga ko‘ra, bu yil ham Taroveh namozini faqat Jome masjidlarida o‘qish, iftorliklarni faqat oilada qilish mumkin. Musulmonlarning jamoalarga birlashib, xonadonlarda iftorlik qilishi, namoz o‘qishi va Qur‘on xatm qilishi taqiqlanadi.

Imom xatiblar ro‘zaga tayyorgarlikni boshladi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Musulmonlar idorasi respublika va Toshkent shaharidagi imom-xatiblarga Ramazon oyiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish haqida ko‘rsatma berdi.

Xususan, Toshkent shahrining 115 masjididagi imom xatiblar ham majlisga yig‘ildi va ularga Jome‘ masjidlarga yig‘iladigan ro‘zardorlar bilan muloqotlar, kutilgan va kutilmagan savollar, Taroveh namozlarini tashkil qilish, Qur‘on xatmini oy davomida to‘g‘ri taqsimlash kabi masalalarga alohida e‘tibor berish uqdirildi.

Bu majlisda ishtirok etgan O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur imom-xatiblarga uqdirilgan tartib-qoidalar haqida ma‘lumot berdi:

- Asosiy masala, Taroveh namozlarini tashkil qilish va keyin Qur‘on xatmini ro‘zadorlarni qiynamaslik uchun qisqaroq qilish haqida tavsiyalar bo‘ldi. Avvallari qorilarimiz kam bo‘lardi va uzoq-uzoq xatm qilinib, 15 kunda tugatilardi, imom boshqa masjidga ketardi. Hozir, mustaqillik yillarida qorilarimiz ko‘payib qoldi. Shuning uchun ro‘zadorlarni qiynamay, xatmni qisqaroq qilish mumkin, - deydi shayx hazratlari.

Shuningdek, imomlarga musulmonlardan bo‘ladigan kutilmagan savollarga javob berishga hozirlik ko‘rish ham uqdirildi.

- Hozir issiq kunlarda ro‘zadorlarda uzrli holatlar, ro‘zaning buzilib qolishi yoki iftorlik, saharliklar bilan bog‘liq savollar bo‘lishi mumkin. Keyin iftorlik marosimlarini ixcham, kichikroq qilib, isrofsiz o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi, - dedi Abdulaziz Mansur.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:16 0:00
Бевосита линк


Xabar bahona O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi mulozimiga so‘nggi bir necha yillardan buyon o‘zbekistonlik ro‘zadorlarni qiynayotgan bir necha savolni berdik.


Aholi uylarida Taroveh namozini o‘qish mumkin emas


Yillardan buyon O‘zbekistonning yirik shaharlari, ayniqsa taqvodorlar ko‘proq bo‘lgan Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent va Qarshi shaharlarida Ramazon oyida o‘qiladigan Taroveh namozini mahalla masjidlari yoki biror hammahallaning uyida jamlanib o‘qishiga ruxsat berilmaydi.

Musulmonlar bu namozni o‘qish uchun Jome masjidiga borishi shart. Chunki, aholi uylari yoxud kichik masjidlarda Qur‘on xatm qilishga ruxsat yo‘q.

Ozodlikka murojaat qilgan musulmonlar jilla qursa, Ramazon oyida bunga ruxsat bersa bo‘lmaydimi, degan savolni takrorlab keladilar.

- Yo‘q, bunaqa talab bizga kelib tushgani yo‘q. Aksincha, hozir kun issiq, masjidning ichi qizib ketadi, shuning uchun Taroveh namozini Jome masjidlarining hovlisida o‘qilsin, degan taklif bo‘ldi. Masalan, Toshkentda kechalari tashqarida salqin bo‘ladi. Taroveh namozini o‘z oilasi davrasida o‘qish mumkin yoki Jome masjidida o‘qish mumkin. Agar masjidga borishga sog‘ligi to‘g‘ri kelmasa, unda uyida oilasi bilan o‘qishi mumkin. Bu nafl ibodat, farz emas, - dedi qisqagin qilib shayx hazratlari.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:31 0:00
Бевосита линк


Oshxona, restoran va to‘yxonada iftor berish mumkin emas


O‘zbekiston Musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi bu yil ham iftorliklarni imkon qadar kichik, kamtar va oila davrasidagina o‘tkazishni tayinlamoqda.

Musulmonlar diniy idorasi mulozimi shayx Abdulaziz Mansur bu borada tinglovchilardan tushgan yana bir: “ Shayx hazratlari, iftorlikni mahalladoshlar birlashib o‘tkazishiga ruxsat olib bersa bo‘lmaydimi?” degan savolga ham javob berdi:

- Endi o‘zingiz o‘ylangda, iftorlik – bu to‘y emasda. Hozir to‘qchilikku, avvallari ro‘za tutib olgan, ammo iftorligiga yeguligi yo‘q odamlar bo‘lgan va shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom odamlarni muhtojlarga iftorlik berib, savob olishga targ‘ib qilgan. Hozir endi to‘qchilik zamonlari, shuning uchun to‘ydek qilib iftor qilishmoqchi bo‘ladi. Hozir bu mumkin emas. Ixchamgina qilib, faqat ro‘za tutganlarni va o‘zimizning imomlarni chaqirib, iftor qilishadi, juda fayzli bo‘ladigan bunaqa iftorlar, - dedi shayx hazratlari.

Biz savolni yanada aniqlashtirdik: “Bir mahalladagi qo‘ni-qo‘shnilar iftorlikka birinikiga yig‘ilib, keyin Tarovehni ham birga o‘qisa bo‘ladimi?”

- Yo‘q, Taroveh uyda o‘qilmaydi. Shuncha masjidlar turganda uyda Taroveh o‘qish yarashmaydi ham, - dedi aniq-tiniq qilib Musulmonlar idorasi mulozimi.

Tushunilishicha, iftorlikni uyda o‘z oilasi yoki qarindoshlar davrasida qilish mumkin. Qarindosh bo‘lmagan ro‘zadorlar taklif qilingan taqdirda mahalliy imomlar ogohlantirilishi yohud taklif qilinishi lozim. Buning sababini idora mulozimi sharhlamadi. Ammo, iftorlikda rahbariyatdan vakil bo‘lishini talab qilishdan maqsad dasturxon tegrasiga yig‘ilgan jamoatning suhbatlarini nazorat qilish ekanini taxmin qilish mumkin.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:37 0:00
Бевосита линк


Yozning issig‘ida ro‘za tutadiganlarga tavsiyalar

Bu boradagi savolga javob avvalgilaridan ham qisqa bo‘ldi:

- Shariatimiz toqatidan ortiq ibodatga majbur qilmaydi, buyurmaydi. Kunlar issiq bo‘ladimi, uzun bo‘ladimi, ayniqsa mana shu 16-18 soat bo‘ladigan kunlarda ro‘za tutsangiz, shunday huzur qilasizki, ro‘za tutganday bo‘lasizda! Qishning kunida ro‘za tutganday bo‘lmaysiz. Shuning uchun ro‘za tutish – sog‘lom odamlarga buyurilgan. Xastalar, keksa kishilar, homilador yoki emizikli bolasi borlar uzrli bo‘ladi. Ular boshqa kunlarda tutib beraveradi, - dedi shayx hazratlari.

U kishining tushuntirishicha, keksa deyilganda, yoshi 50 dan oshgan va ro‘za tutishga holi yetmaydigan kishilar nazarda tutiladi.

Quyida keksalar toifasi haqida berilgan qo‘shimcha izohni ham tinglashingiz mumkin.
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00
Бевосита линк


O‘zbekistonda so‘nggi bir necha yil ichida Ramazon oyida o‘qiladigan Taroveh namozlari uchun musulmonlarning aholi uylarida yig‘ilishi, oshxona yoki mahalla to‘yxonalarida iftorlik berishi keskin cheklandi.

O‘tgan yilgi Ramazon oyida Toshkent shahar hokimligi restoran va oshxonalar ma‘muriyatiga iftor uchun buyurtmalarni qabul qilmaslik talabini qo‘ygan.

Mahallada bo‘ladigan iftor uchun esa 20 nafardan ortiq mehmon chaqirmaslik, bunda ham bo‘ladigan tadbirdan mahalla qo‘mitasi faollarini ogohlantirish talabi qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG